Ali Shamsiddin II
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Ali Shamsiddin ibn Abdulloh (arabcha: علي شمس الدين بن عبدالله) Yamandagi Toyyibi Ismoiliylarning 17-Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat yuritgan. U 1418-yilda ukasi al-Hasan Badriddin I oʻrniga oʻtiradi va 1428-yilda vafot etgunigacha bu lavozimni egallagan. Vafotidan keyin, uning oʻrniga jiyani (al-Hasanning oʻgʻli) Idris Imodiddin oʻtirgan[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hasanning vafotidan soʻng Ali Zu Marmar qal’asida istiqomat qila boshladi. Biroq 1426-yilda Sananing zaydiy imomi al-Mansur Ali (hukmronlik davri 1391-1436) qamaldan soʻng Zu Marmarni zabt etgan. Shunda ham u Daʼiga oilasi, izdoshlari va mol-mulki bilan shaharni tark etib, Toyyibiy harakatining yangi markaziga aylangan Harazga koʻchib oʻtishiga ruxsat bergan[2]. Shu davrda toyyibiylar bir qancha boshqa qal’alarni ham zaydiylarga boy berganlar. Bu qal’alar keyinchalik Idris Imodiddin tomonidan qaytarib olingan[2]. Shundan soʻng Ali avval Afedaga, keyin esa Shibaamga koʻchib oʻtgan.
Aynan uning davrida Hindistonning Gujarat shtatidagi Patan shahridan boʻlgan Jafar bin Xoja boshchiligidagi sunniy Bohraga katta boʻlinish yuz beradi. Bu boʻlinish Alini chuqur tashvish va ruhiy iztirobga soladi. Ukasi Maad Izzuddin uni Sharkaga olib ketadi.
Maqbarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Ali Yamanning Sharka shahrida vafot etgan. Said Muhammed Burhonuddin 2007-yilda Said Ali maqbarasini qurib bitkazgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Ali Shamsiddin maqbarasi, ash-Shariqa, Yaman
-
Ali Shamsiddin va boshqa missionerlarning qabri, ash-Shariqa, Yaman
-
Maqbaraning kirish qismi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qutbuddin 2018.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Daftary 2007, s. 268.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Qutbuddin, Tahera (2018). "Idrīs ʿImād al-Dīn". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3rd nashri). Brill Online. doi:10.1163/1573-3912_ei3_COM_32368. ISSN 1873-9830.