Ali ibn Hanzala
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Ali ibn Hanzala ibn Abi Salim al-Mahfuziy al-Vadiiy al-Hamdoniy (arabcha: علي بن حنظلة بن أبي سالم المحفوظي الوادعي الهمداني, oʻqilishi: ʿAlī ibn Ḥanẓala ibn Abī Sālim al-Maḥfūẓī al-Vādiʿī al-Hamdānī) 1215-yildan to 1229-yilda vafot etguniga qadar Yamanda oltinchi Toyyibiy Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat yuritgan[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Banu Hamdan qabilasiga mansub[1] Ali ibn Hanzala uchinchi Daʼi al-Mutlaq Hotim ibn Ibrohim (1162-1199) davrida ham Toyyibiy daʼvatida faol ishtirok etgan. Beshinchi Daʼi al-Mutlaq Ali ibn Muhammad ibn al-Valid (1209-1215) davrida uning bosh oʻrinbosari (maʼzun) sifatida faoliyat olib borgan va 1215-yilda Ali ibn Muhammad vafot etgach, uning oʻrnini egallagan[1][2]. Daʼi al-Mutlaq (soʻzma-soʻz „mutlaq/cheklanmagan targʻibotchi“) unvoni ularning yashirin imomning noiblari sifatida Toyyibiy jamoasining amaliy rahbarlari ekanligini anglatgan[2][3].
Ali, koʻplab oʻtmishdoshlari va oʻzidan keyin bu lavozimni egallagan vorislari singari, Sanani boshqargan Hamdoniylar sulolasi va ularning Ayyubiy hukmdorlari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab kelgan. Bu unga ham Sanada, ham Hotimiy Hamdoniylarning asosiy qoʻrgʻoni Zu Marmar qal’asida istiqomat qilish imkonini bergan[1][2]. Shuningdek, u Gʻarbiy Hindistondagi rivojlanayotgan Ismoiliy jamoasiga koʻmaklashish uchun yosh missionerlarni yuborgan[1][2]. Shu bilan bir vaqtda, Ali oʻz hududlarida taʼsir doirasini kengaytirishga intilayotgan raqobatchi Hofiziy va Zaydiy imomlarining harakatlariga qarshi kurashgan[2].
Uning maʼzunlarining har ikkisi ham oʻzidan avvalgi daʼi Ali ibn Muhammadning qarindoshi edi. Biri Alining jiyani Ahmad ibn Muborak va ikkinchisi Alining oʻgʻli al-Husayn. Ular ikkalasi ham 1229-yil 8-fevralda Ali ibn Hanzala vafot etganidan soʻng Daʼi al-Mutlaq lavozimiga daʼvogarlik qilishgan[1][2].
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ali ibn Hanzala kuchli bilimga ega boʻlib, astrologiya va tabiiy fanlarga qiziqqanAli ibn Hanzala was very well educated, with a particular interest in astrology and natural sciences.[2] He wrote two theological works on Tayyibi esoteric doctrine (ḥaqāʾiq):[2]. U Toyyibiylarning ezoterik taʼlimoti (haqāʾiq) haqida ikkita ilohiyot ilmiga oid asar yozgan[2][4]:
- Simṭ al-haqaʾiq („Haqiqat ziyofati“) asari 663 baytdan iborat sheʼr sifatida yozilgan, tavhid, kosmologiya va esxatologiyaga oid toyyibiy tushunchalariga bagʻishlangan. U 1953-yilda Damashqda Abbos al-Azzaviy tomonidan Français de Damas institutida tahrirlangan va nashr etilgan.
- toʻrt bobga boʻlingan Risolat hayyoʻul-ulum va-misboʻul-ul’um („Aql nuri va ilm nuri haqida risola“) tavhid, kosmologiya va esxatologiya hamda boshqa ilohiy ilmlarga bagʻishlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daftary, Farhad. Ismaili Literature: A Bibliography of Sources and Studies. London and New York: I.B. Tauris, 2004. ISBN 978-0-8577-1386-5.
- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Poonawala, Ismail K. (2008). "ʿAlī b. Ḥanẓala b. Abī Sālim". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3rd nashri). Brill Online. doi:10.1163/1573-3912_ei3_SIM_0322. ISSN 1873-9830.