Arva as-Sulayhiy
Arva as-Sulayhiy | |
---|---|
Jibladagi Qirolicha Arva masjidi ichida joylashgan Qirolicha Arva maqbarasi | |
Tavalludi |
milodiy 1048-yil (hijriy 440-yil) |
Vafoti |
5-may 1138 (yoshi 89–90) Jibla, Sulayhiylar Yamani |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari |
Abdulimom Muhammad Abd al-Mustansir Ali Fotima Ummu Hamdan |
Otasi | Ahmad ibn Muhammad |
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Arva as-Sulayhiy (arabcha: أَرْوَى بِنْت أَحْمَد ابْن مُحَمَّد ابْن جَعْفَر ابْن مُوْسَى ٱلصُّلَيْحِي), (tax. 1048 — 1138) 1067-yildan 1138-yildagi vafotigacha, avvaliga ikki eri bilan, soʻngra yakka oʻzi Yamanda uzoq vaqt hukmronlik qilgan[1]. U Sulayhiylar sulolasi hukmdorlarining oxirgisi boʻlib, shialikning ismoiliy boʻlimida Hujja degan nufuzli unvonga sazovor boʻlgan birinchi ayoldir. Ismoiliy taʼlimotida, u oʻz hayoti davomida Xudo irodasiga koʻra hukmronlik qilganlarning tirik timsoli sifatida tariflanadi. U xalq orasida As-Sayyidah Al-Hurra (arabcha: ٱلسَّيِّدَة ٱلْحُرَّة), Al-Malikah Al-Hurra (arabcha: ٱلْمَلِكَة ٱلْحُرَّة) yoki Al-Hurratul-Malika (arabcha: ٱلْحُرَّةُ ٱلْمَلِكَة) va Malikat Sabaʾ Aṣ-Ṣaghīrah (arabcha: مَلِكَة سَبَأ ٱلصَّغِيْرَة) nomlari bilan tanilgan[2].
Ayol hukmdor sifatida Arva tarixda deyarli beqiyos oʻringa ega: garchi xalqaro musulmon olamida koʻplab ayol hukmdorlar boʻlgan boʻlsa-da, Arva va Asma bint Shihob musulmon arab dunyosidagi oʻz nomi bilan masjidlarda xutba oʻqitgan kamsonli ayol hukmdorlardan edi. Xutba musulmon olamida hukmdor maqomining oliy eʼtirofi hisoblanib, bu holat ularning nufuzini yana ham oshirgan. U bir nechta masjidlarga asos solgan, ularning orasida eng mashhuri Qirolicha Arva masjididir.
Arva musulmon dunyosidagi hukmronlik qilgan birinchi malika edi. U oʻzining hujja unvoni tufayli, oʻz huquqida ham siyosiy, ham diniy hokimiyatni qoʻlga olgan yagona musulmon ayol hisoblanadi.
Uning siyosiy faoliyatini asosan toʻrt bosqichga boʻlish mumkin. Birinchi bosqich 1065-yilda al-Mukarram Ahmad bilan turmush qurganidan, to 1074-yilda qaynonasi Asmo vafot etgunga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda uning siyosiy hokimiyatdagi oʻrni haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Ikkinchi bosqich, Asmo vafotidan soʻng boshlanadi. Ahmad 1086-yilda, oʻz vafotiga qadar barcha hokimiyat vakolatlarini Arvaga topshira boshlaydi. Uchinchi bosqichda, Ahmadning oʻlimidan keyin, Arva oʻgʻli Abd al-Mustansirning malika onasi sifatida hokimiyatni qoʻlga oladi. Shuningdek, al-Mustansir unga Sabaʼ as-Sulahiy bilan nikohdan oʻtishni buyuradi (garchi bu nikoh hech qachon toʻliq boʻlmagan boʻlsa-da). Shundan soʻng, Arva amalda hokimiyatni boshqarsa-da, rasman turmush oʻrtogʻi nomidan faoliyat yuritadi. Nihoyat, toʻrtinchi bosqich 1097 yoki 1098-yillarda Sabaʼ vafotidan keyin boshlanadi. Bu davrda Arvaga hech qanday erkak rasman mas’ul boʻlmagan holda, yolgʻiz malika sifatida mustaqil hukmronlik qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ El-Azhari, Taef. Queens, Eunuchs, and Concubines in Islamic History, 661-1257. Edinburgh University Press, 2021 — 196–252-bet. ISBN 978-1-4744-2319-9. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
- ↑ Haeri, Shahla (2020), The Unforgettable Queens of Islam, Cambridge University Press, 89–105-bet, ISBN 978-1-107-55489-4
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sayyida Hurra. „The Ismāʿīlī Sulayhid Queen of Yemen by Farhad Daftary“; Gavin R. G. Hambly tomonidan tahrirlangan Women in the Medieval Islamic World (O‘rta asrlar islom dunyosidagi ayollar) kitobida keltirilgan
- Yaman hukmdorlari
- Arab malikalari
- Sulayhiylar sulolasi
- 1040-yilda tugʻilganlar
- 1138-yilda vafot etganlar
- Yaman ismoiliylari
- Toyyibiy ismoiliylik
- XI asr regentlari
- 11-asrda Yaman
- 12-asrda Yaman
- 11-asr ismoiliylari
- 12-asr ismoiliylari
- 11-asrda Yaman aholisi
- 12-asrda Yaman aholisi
- Osiyoda hukmronlik qilgan malikalar