Kontent qismiga oʻtish

Boʻston tumani

Koordinatalari: 40°40′59.9″N 71°55′0.1″E / 40.683306°N 71.916694°E / 40.683306; 71.916694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo'zdan yoʻnaltirildi)
Boʻston (Boʻz tuman)
Бозский район



tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Boʻston (Boʻz shaharcha)
Asos solingan sanasi 1950-yilda
Hokimi Sanobarxon Nosirova Abdunabiyevna
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeksi 170400
Internet domeni uz
Avtomobil raqami kodi 60
Rasmiy sayti http://and-boston.uz/
Xaritada
Boʻston (Boʻz tuman) xaritada
40°40′59.9″N 71°55′0.1″E / 40.683306°N 71.916694°E / 40.683306; 71.916694

Boʻston tumani (Boʻz tumani) — (1950-2019—yillarda — Boʻz tumani) Andijon viloyatidagi tuman. 1950-yil 5-aprelda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Shahrixon tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. 2019-yil 30-sentyabrda Boʻz tuman nomi Boʻston tumani deb oʻzgartirilgan[1]. Boʻston (Boʻz) tumani shimol, shimoli-gʻarbda viloyatning Ulugʻnor tumani, shimolda Baliqchi tumani, sharqda Shahrixon tumani, janubi-gʻarbda Fargʻona viloyatining Yozyovon, janubda Qoʻshtepa tumani, janubi-sharqda Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni — 0,20 ming km2. Aholisi — 75 mingdan ziyod kishi. Boʻston(Boʻz) tumanida 1 shaharcha (Boʻz) va 3 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Mannop Jalolov, Xovos, Xoldеvonbеk) bor. Markazi — Boʻston(Boʻz) shaharchasi.

Boʻston tumani dehqon bozori

Boʻz tumanining yer yuzasi dengiz sathidan 500 metr balandlikdagi tekislikdan iborat. Tuman hududining gʻarbiy qismida koʻchma qum tepalari koʻp. Tepaliklar orasidagi pastlik joylarda baʼzan botqoqliklar uchraydi.

Tuman hududi 3 massivga boʻlingan: 1) Sharqiy Yozyovon massivi, 2) Katta Fargʻona kanali massivi, 3) Ulugʻnor massivi.

Iqlimi — keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 0 darajadan minus 4 darajagacha, iyulniki — 24-28 daraja. Yiliga 200-300 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 210-220 kun. Tuman xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanali, Katta Andijon kanali va Shahrixonsoydan sugʻoriladi. Yerosti suvlari yuzada (baʼzi joylarda 30-60 sm) boʻlganidan shoʻr yerlar koʻp, qattiq arziqlar (ganchsimon tuproqli yerlar) bor. Oʻzlashtirilmagan yerlarda shoʻrlar yer betiga chiqib yotadi. Ayrim joylarda botqoqliklar vujudga kelgan.

Tuproq tarkibi qumloq, yarim qumloq va qumsiz, chirindi miqdori 1,3-1,7 %. Shoʻrlanmagan joylarda 0,04-0,6 sulfat va xlorid kislota tuzlari, shoʻrlangan yerlarda esa 1-1.2 %dan 3 %gacha har xil tuzlar bor. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, ajriq, kurmak, gʻumay, qamish, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, har xil ilonlar, suvsar, suv havzalarida baliqlar yashaydi.

Aholining milliy tarkibini, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, ruslar, qirgʻizlar, tojiklar, tatarlar, koreyslar va boshqa millat vakillari tashkil etadi[2].

Hududning mashhur kishilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O`zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali Ahmedov[3].