Kontent qismiga oʻtish

Qoʻrgʻontepa tumani

Koordinatalari: 40°44′0″N 72°46′0″E / 40.73333°N 72.76667°E / 40.73333; 72.76667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻrgʻontepa (tuman)dan yoʻnaltirildi)
Qoʻrgʻontepa tumani

Bayroq
Bayroq
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Qoʻrgʻontepa shahri
Yirik shaharlari Qoʻrgʻontepa, Qorasuv, Dardoq
Asos solingan sanasi 1926
Hokim Xalilov Alisher Olimjonovich
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 230,4 ming kishi
Millatlar tarkibi Oʻzbek, Qirgʻiz, Boshqurd, Tatar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99874
Pochta indeksi 171200
Internet domeni UZ
Avtomobil raqami kodi 17, 60
Rasmiy sayti http://www.kurgantepa.uz/
Xaritada
Qoʻrgʻontepa tumani xaritada
40°44′0″N 72°46′0″E / 40.73333°N 72.76667°E / 40.73333; 72.76667

Qoʻrgʻontepa tumani – Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Shim.-gʻarbda Jalolquduq, janubi-gʻarbda Xoʻjaobod tumanlari, sharq, janubi-sharq va shim. da Qi-rgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,48 ming km²ga yaqin. Aholisi 160,4 ming kishi (2005). Tumanda 2 shahar (Qoʻrgʻontepa, Qorasuv) 2 shaharcha (Dardoq, Sultonobod) 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Savay, Chimyon, Qoʻrgʻontepa) bor. Markazi – Qoʻrgʻontepa shahri

Tabiati. Qoʻrgʻontepa tumani Andijon viloyatining shimoli-sharqida, Fargʻona va Olay tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (balandligi 1000 m gacha) gʻarbga (500 m gacha) pasayib boruvchi togʻ oldi qiya tekisligidan va Toshohur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi kontinental; yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvar da —2° dan —3° gacha, iyulda 26—26,5°. Eng past temperaturaqishda —24°, eng yuqori temperatura yozda 41°. Yiliga 250-400 mm yogʻin tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tuman hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari Shahrixonsoy va Qoragʻunon arigʻi, jan. chegarasidan Savay kanali oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqi boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra va boshqa, asosan, adirlarda va haydalmagan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan adirlarda boʻri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qozoq VA Qangli b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 334 kishi. Shahar aholisi 57,5 ming kishi, qishloq aholisi 102,9 ming kishi (2005).

Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash, gʻisht z-dlari, don mahsulotlari, „SAMO“ aksiyadorlik jamiyati, „AnNur“ masʼuliyati cheklangan jamiyat, non kombinati, mahalliy sanoat gazlama, attorlik buyumlari, tikuvchilik, paypoq toʻqish f-kalari, toʻqimachilik korxonalari, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, „El-jihoz“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari – paxtachilik va gʻallachilik. Sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka yetishtirish, tokchilik va bogʻdorchilik ham rivojlangan. 12 jamoa va shirkat xoʻjaliklari, 282 dehqon va fermer xoʻjaliklari ishlab turibdi. Tumandagi ekin maydonlariga paxta, gʻalla, kartoshka ekiladi. Pichanzor va yaylovlar, mevazor va tokzorlar bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 42 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan 19,9 mingdan ortiq sigir), 55,8 mingga yaqin qoʻy va echki, 142,2 mingga yaqin parranda, 975 yilqi boqiladi.

Tumanda 55 umumiy taʼlim maktabi (36,5 ming oʻquvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, 4 kasb-hunar kolleji (2432 talaba), mehribonlik uyi faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 36 ta tarmogʻi (371,1 mingdan ziyod asar), oʻlkashunoslik muzeyi, klub muassasalari, madaniyat uylari, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira maydoni mavjud. Stadion, sport majmuasi va boshqa sport inshootlari bor. 6 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), poli-klinika, tugʻruqxona, dorixonalar, 7 qishloq vrachlik punkti, 13 feld-sherakusherlik punkti, 5 xususiy tibbiy muassasa aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan temir yoʻl oʻtgan.

Tuman markazidan Toshkent, Andijon va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Qoʻrgʻontepa tumani – Andijon viloyatining janubiy qismida joylashgan tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi – Qoʻrgʻontepa shahri.

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻrgʻontepa tumani shimoli-gʻarbda Jalaquduq, janubi-gʻarbda Xoʻjaobod tumanlari, sharq, janubi-sharq va shimolda Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni – 0,48 ming kv.km.ga yaqin.

Tumanda 2 ta shahar (Qoʻrgʻontepa, Qorasuv,4 ta qishloq Savoy, Chimyon, Qoʻrgʻontepa, Dardoq bor. Jami mahallalar soni 74 tani tashkil etadi va ular oʻramida 558 ta koʻcha mavjud. Hozirda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish tizimiga asosan tuman 4 ta sektor hududiga boʻlingan.

Qoʻrgʻontepa tumani Andijon viloyatining shimoli-sharqida, Fargʻona va Oloy tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (balandligi 1000 metrgacha) gʻarbga (500 metrgacha) pasayib boruvchi togʻ oldi qiya tekisligidan va Toshoxur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi – kontinental; yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. Oʻrtacha harorat yanvarda – minus 2dan minus 3gacha, iyulda – 26,6 daraja. Yiliga 250-400 mm. yogʻin tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun.

Tuman hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari – Shahrixonsoy va Qoragʻunon arigʻi va „Andijonsoy“ kanali, janub chegarasidan Savay kanali oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqi boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra va boshqalar, asosan adirlarda va haydalmagan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor.

Tuman aholisi – 218,4 ming kishi. Tuman aholisining asosiy qismini oʻzbеklar tashkil qiladi, shuningdek: qirgʻiz, rus, tatar, Qangli va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 kv.km.ga 455 kishi[1].

  1. „Qoʻrgʻontepa hokimligi rasmiy veb sayti“. Kurgantepa.uz. 6-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2021-yil. (Wayback Machine saytida 6-avgust 2021-yil sanasida arxivlangan)