Kontent qismiga oʻtish

Vefa Kilise masjidi

Koordinatalari: 41°0′59″N 28°57′37″E / 41.01639°N 28.96028°E / 41.01639; 28.96028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Vefa Kilise masjidi
turkcha: Vefa Kilise Camii
Masjid (o'ngda) va eksonarteksning (chapda) janubiy tarafdan koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani
Koordinatalar 41°0′59″N 28°57′37″E / 41.01639°N 28.96028°E / 41.01639; 28.96028
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi xochli gumbazli cherkov
Meʼmoriy uslub Vizantiya meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi X—XI asrlar
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, tosh

Vefa Kilise masjidi (turkcha: Vefa Kilise Camii) – Istanbulda joylashgan Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi. Ushbu binoning Agios Teodorga (grekcha: Ἅγιος Θεόδωρος ἑν τὰ Καρβουνάρια[1][2][3]) bagʻishlab bunyod etilgan boʻlishi haqida taxminlar mavjud. Vefa Kilise masjidi Konstantinopolning Komninlar va Paleologlar davri arxitekturasining eng muhim namunalaridan biri hisoblanadi[4].

Masjid Istanbul shahri, Fotih tumani, Vefa mahallasida joylashgan boʻlib, Vefa shahridagi Vizantiya meʼmorchiligi asosida yaratilgan boshqa bir inshootdan deyarli bir kilometr shimoli-gʻarbda (Kanderhane masjidi), Sulaymoniya masjididan bir necha yuz metr janubda joylashgan.

1877-yilgi rasmda masjidning janubi-sharqiy tomondan koʻrinishi, A. G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlaridan

Konstantinopolning uchinchi tepaligi janubiy yonbagʻrida joylashgan masjidning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Masjid joylashgan hududdan V asrga oid binolar qoldiqlari topilgan[5]. Toʻrtinchi salib yurishidan keyin Konstantinopol ustidan lotinlar hukmronligi davrida binodan Rim-katolik cherkovi sifatida foydalanilgan.

Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olganidan koʻp oʻtmay, Sulton Mehmed II Fotihning ustozi, mashhur kurd olimi, shayxulislom[6] Molla Gürani tomonidan cherkov masjidga aylantirilgan, shuningdek, yodgorlikka uning nomi berilgan. XIX asrda turli ofatlar natijasida masjid katta zarar koʻrgan, 1833-yilgi yongʻin natijasida bino atrofi vayron boʻlgan[6]. 1848-yilga kelib majmua qayta tiklangan[6]. 1937-yilda bino qisman restavratsiya qilingan va bir qancha saqlanib qolingan mozaikalari topilgan[6]. Yana bir restavratsiya 2017-yilda boshlanib, 2021-yilda yakunlangan[7][8].

Arxitektura va dekoratsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mozaika qoldiqlari bilan eksonarteksning janubiy gumbazi

Tarixiy ahamiyatiga qaramay masjid hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmagan[3]. Bino har bir tomoni toʻqqiz metr uzunlikdagi kvadrat shaklida bunyod etilgan[9]. Eski Imaret masjidi kabi Konstantinopoldagi Komninlar davri meʼmorchiligining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi.

Majmuaning gʻarbiy qismida eksonarteks, janubida ark va bir nechta ustunlarga ega ayvon[10], shimoliy qismida esa koridor mavjud.

Aleksandr Van Millingen tomonidan lingan rasmida eksonarteksning tashqi koʻrinishi (Konstantinopolning Vizantiya cherkovlari, 1912)

Vefa Kilise masjidi eksonarteksini yaratishda Fethiye va Kariye masjidlaridagi kabi Paleologlar meʼmorchilik arxitektura sanʼatining oʻziga xos uslublaridan foydalanilgan[11].

Eksonarteks uchta gumbaz bilan oʻralgan boʻlib, ichki qismiga bir qancha bezaklar bilan ishlov berilgan[3]. Uchta gumbazning barchasiga mozaik tasvirlar tushirilgan. Cherkovning ichki qismi shu davrga qadar biror marta ham suvoqdan tozalanmagan[2].

Cherkovning janubiy va gʻarbiy qismida joylashgan ikkita juda katta yerosti sardobalari Vizantiya imperiyasi davrida bu yerda monastir boʻlganligiga ishora qiladi[5].

  1. To which of the many saints bearing the name Theodore the church was dedicated is not clear. He could be either St. Theodore Tyro, (from Greek ὀ τήρων, mean. „the conscript“) or St. Theodore Stratelates („the general“). A joint dedication could also have been possible. Van Millingen (1912), p. 245
  2. 2,0 2,1 Janin (1953), p. 155
  3. 3,0 3,1 3,2 Mathews (1976), p. 386.
  4. Van Millingen (1912), p. 246.
  5. 5,0 5,1 Mamboury (1953), p. 303
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Müller-Wiener (1977), p. 169.
  7. „Molla Gürani Camii nerede | 700 yıllık mozaikler ortaya çıktı! İsimleri Tevrat'ta geçiyor“.
  8. „Peygamber mozaikleri ortaya çıktı“.
  9. Krautheimer (1986), p. 407.
  10. The parekklesion is a chapel leaning to the side of the church or of the narthex.
  11. Krautheimer (1986), p. 483.
  • Janin, Raymond. La Géographie Ecclésiastique de l'Empire Byzantin. 1. Part: Le Siège de Constantinople et le Patriarcat Oecuménique. 3rd Vol. : Les Églises et les Monastères. (fr). Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1953. 
  • Mamboury, Ernest. The Tourists' Istanbul. Istanbul: Çituri Biraderler Basımevi, 1953. 
  • Janin, Raymond. Constantinople Byzantine, 2 (fr), Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1964.