Shamsiddin Muhammad (Nizoriy imom)
Shams al-Dīn Muḥammad | |
---|---|
Nizoriy ismoiliyligi imomi | |
Faoliyat yillari | 1256–1310 |
Oʻtmishdoshi | Rukniddin Xurshoh |
Davomchisi |
Qosim Shoh (Qosim-Shohiy) Moʻmin Shoh (Moʻminiy) |
Tugʻilishi | 1256-yildan avval |
Vafoti | 1310-yil |
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Shamsiddin Muhammad (arabcha: شمس الدین محمد, oʻqilishi: Shams al-Dīn Muḥammad; 1256-yildan oldin – taxminan 1310-yil) Nizoriy ismoiliy jamoasining 28-imomi. Uning hayoti haqida juda oz maʼlumot saqlanib qolgan. U Moʻgʻullar davlati Nizoriy davlatini yoʻq qilganidan soʻng hukmronlik qilgan birinchi imom boʻlib, butun umri davomida oʻzining haqiqiy shaxsiyatini yashirib yashashga majbur boʻlgan.
Uning vafotidan soʻng vorislik tarmogʻi ikkiga boʻlinib ketdi: bugungi kungacha asosiy nizoriy ismoiliylik shaklida saqlanib qolgan Ogʻaxonlar boshchiligidagi Qosim-Shohiy tarmogʻi hamda hozirda Suriyadagi Muhammad-Shohiy yoki Moʻminiy tarmogʻi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning hayoti haqida juda oz maʼlumot saqlanib qolgan[2]. U 1256-yil noyabr oyigacha Nizoriy ismoiliylar davlatining markazi boʻlgan Alamut qal’asining soʻnggi hukmdori Rukniddin Xurshohning eng kichik oʻgʻli edi[2]. Alamut qal’asi oʻsha yili Moʻgʻul imperiyasi tomonidan zabt etilgan. Nizoriy anʼanasiga koʻra, u otasi tomonidan voris etib tayinlangan[2] va moʻgʻullar Alamutni qamal qilishidan hamda otasining taslim boʻlishidan oldingi oylarda xavfsiz joyga olib ketilgan[3]. Uning qolgan barcha oila aʼzolari moʻgʻullar tomonidan qatl etilgan, Shamsiddin oilaning yagona omon qolgan vakili edi[2]. 1257-yil bahorining oxirlarida otasi qatl etilgach, Shamsiddin bevosita uning oʻrniga imom boʻlgan[2].
U umrining qolgan qismini Ozarbayjonda, Tabriz shahri va uning atrofida oʻtkazgan[2]. Oʻz shaxsiyatini yashirib, so‘fiy darvesh (oʻsha davrda nizoriylar orasida keng tarqalgan usul) va kashtadoʻz qiyofasida hayot kechirgan. Shu bois u anʼanaviy tarzda Zarduz laqabi bilan tanilgan[2]. Nizoriy anʼanasida Shamsiddin baʼzan ilgarigi mutasavvuf Shams Tabriziy (1185-1248) bilan adashtiriladi[2].
Alamutning qoʻldan ketishi keng tarqalib borgan Nizoriy harakatini oʻz markazidan mahrum etgan, biroq Shamsiddin kamida bir necha Nizoriy guruhlari bilan aloqa oʻrnatgan[2]. Unga zamondosh boʻlgan ismoiliy shoir Nizoriy Quhistoniy oʻzining „Safarnoma“ asarida uni 1280-yilda shaxsan koʻrganini aytib[4], Shamsiddin Shoh Nimruz Ali va Shoh Shams nomlari bilan tilga olgan[5]. Uning imomligi davrida Nizoriylar jamoasi Fors shimolida joylashgan Rudbar hududida qayta birlashishga erishadi va hatto Alamutni vaqtinchalik qayta egallaydi. Ammo Suriya Nizoriylari Mamluk sultonligi taʼsiri ostiga tushib qoladi[5].
Vafoti va merosxoʻrlik bahslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shamsiddin taxminan 1310-yilda vafot etib, Nizoriy tarixida XV asr oxirigacha davom etgan noaniq davrni boshlab bergan[6]. Oʻsha davr imomlari haqida keyinroq tuzilgan vorislik roʻyxatlaridagi ismlardan boshqa maʼlumot yoʻq, ularning hayoti haqida ishonchli sanalar yoki maʼlumotlar ham kam uchraydi[6]. Biroq, Shamsiddin vafotidan soʻng uning toʻngʻich oʻgʻli Alavuddin Moʻmin shoh kenja oʻgʻli Qosim shoh bilan vorislik masalasida tortishgani maʼlum. Bu Nizoriy imomatini ikkita raqobatdosh yoʻnalishga – Qosim-Shohiylar va Moʻminiylar yoki Muhammad-Shohiylar yoʻnalishiga ajralishiga sabab boʻlgan. Lekin bu boʻlinish Nizoriy adabiyotida deyarli tilga olinmagan[7]. Oʻrtancha oʻgʻli Kiya Shoh bunday daʼvoni ilgari surmagan[8].
Dastlab ikki yoʻnalishdan eng koʻzga koʻringani Moʻminiy tarmogʻining bugungi kunda Suriyada bir necha ming izdoshlari bor[9]. Qosim-Shohiy tarmogʻi esa zamonaviy Nizoriylar tarmoqlarining aksariyatini oʻz ichiga olib, hozirda Ogʻaxonlar rahbarligida faoliyat yuritmoqda[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Daftary, Farhad. A Short History Of The Ismailis: Traditions of a Muslim Community. Edinburgh, UK: Edinburgh University Press, 1998. ISBN 0748609040.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Daftary 2015.
- ↑ Daftary 1997, ss. 295–296.
- ↑ Daftary 2007, ss. 411–412.
- ↑ 5,0 5,1 Daftary 1997, s. 296.
- ↑ 6,0 6,1 Daftary 2007, s. 413.
- ↑ Daftary 2007, ss. 413–414.
- ↑ Daftary 2007, s. 414.
- ↑ Daftary 2007, ss. 413–417, 451–456.
- ↑ Daftary 2007, ss. 413–504.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daftary, Farhad (1997). "S̲h̲ams al-Dīn Muḥammad". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IX: San–Sze (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 295–296 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_6809. ISBN 978-90-04-10422-8. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=S%CC%B2h%CC%B2ams+al-D%C4%ABn+Mu%E1%B8%A5ammad&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Daftary, Farhad (2015). "ŠAMS-AL-DIN MOḤAMMAD". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Online Edition. Encyclopædia Iranica Foundation. https://www.iranicaonline.org/articles/shams-aldin-mohammad.
- Virani, Shafique N.. The Ismailis in the Middle Ages. A History of Survival, A Search for Salvation. Oxford and New York: Oxford University Press, 2007. ISBN 978-0-19-531173-0.