Kontent qismiga oʻtish

Jalaquduq tumani

Koordinatalari: 40°43′0.1″N 72°22′59.9″E / 40.716694°N 72.383306°E / 40.716694; 72.383306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jalolquduq tumanidan yoʻnaltirildi)
Jalaquduq tumani
Джалалкудукский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Jalaquduq
Yirik shahari Jalaquduq
Boshqa yirik shaharlari Oyim, Janubiy Olamushuk, Yorqishloq
Asos solingan sanasi 1926-yil 29-sentyabrda
Hokim Hikmatullo Latipov
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 195 200
Millatlar tarkibi o‘zbek, qirg‘iz va boshqa millatlar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 0,37 ming kv. km km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99874
Pochta indeksi 1711ХХ
Internet domeni uz
Avtomobil raqami kodi 60-69
Xaritada
Jalaquduq tumani xaritada
40°43′0.1″N 72°22′59.9″E / 40.716694°N 72.383306°E / 40.716694; 72.383306

Jalaquduq – Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Xoʻjaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tuzildi).

Tuman viloyatning Qoʻrgʻontepa, Xoʻjaobod, Paxtaobod, Andijon, tumanlari hamda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh va Jalolobod viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni – 0,37ming kv. km. Aholisi – 195 200 kishidan ortiq.

Jalaquduq tumanida 1 ta shahar (Jalaquduq), 6 ta shaharcha (Beshtol, Janubiy Olamushuk, Koʻkalam, Oyim, Qoʻshtepa, Yorqishloq) 6 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Abdullabiy, Beshtol, Jalaquduq, Behishkaram, Teshiktosh, Qatortol) bor. Markazi – Jalaquduq shahri.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar oʻramida yogʻingarchilik koʻproq boʻlganligidan, u erlar ilgari qamishzor, toʻqayzor boʻlgan. Tuman nomi „jele“ yoki „jelak“ soʻzidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: oʻtmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qoʻyiladigan quduqlar asta-sekin „jelaquduq“ deb ataladigan boʻlganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „jalaquduq“ yoki „jalolquduq“ shaklida qishloq, soʻngra tumanga nom boʻlib qolgan deyiladi.

Jalaquduq tumani hududida 11ta arxeologik tepalik, 5ta meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Dalvarzintеpa, Qoratepa, Eshonota va Qilichmozor tepaliklari eng qadimiy arxeologik yodgorliklar, Toshmasjid esa milliy meʼmorlik namunasidir.

Fargʻonaliklar VIII asr boshida Fargʻona vodiysiga kelgan Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi musulmon qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Shunga qaramasdan Fargʻona fath etiladi. Qutayba ibn Muslim yangi saylangan xalifa Sulaymonga boʻysunishdan bosh tortganligi uchun xos askarlari tomonidan 715-yilda hozirgi Jalaquduq tumani hududida oʻldirilgan. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Muslimning qabri Qilichmozor qishlogʻida. Bu qishloq yonidagi qabriston „Raboti sarxang“ (hozirgi „Mozorbuva“) deb ataladi.

Jalaquduq tumani viloyatning shimoli-sharqida joylashgan. Relyefi pasttekkislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi – keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati – 27, yanvarniki – minus 3 daraja. Vegetatsiya davri – 160-180 kun. Yiliga oʻrtacha 250 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Andijonsoy (3,5 km), Shahrixonsoy, Savay kanallari, Qoradaryo oqib oʻtadi. Tuman yerlari och tusli oʻtloqi boʻz tuproqdan iborat. Adirlarda efеmеr oʻsimliklar, ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, shoʻra oʻsadi.

Aholisi – asosan, oʻzbеklar. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 kv. km ga 397 kishi[1].

  1. Manzura Egamova (1993-2004-yillar)
  2. Azizbek Sodiqov (2004-2009-yillar)
  3. Shuhrat Qamchiyev (2009-2017-yillar)
  4. Sodiqjon Turdiyev (2017-2020-yillar)
  5. Furqatjon Buzrukov (2020-yil fevralidan avgustiga qadar)
  6. Hikmatullo Latipov (2020-yildan hozirgi vaqtga qadar)

Mashhur odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Qoʻchqor Turdiyev - Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni.
  2. Qayum Holmirzayev – 1991-1993-yillarda Andijon viloyati hokimi.
  3. Ibrohimjon Asqarov – olim, kimyo fanlari doktori, professor.
  4. Hosiyat Husanova – Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist, aktrisa.
  5. Sadbarxon Mamitova – 2020-2021-yillarda Boʻston tumani hokimi.
  6. Ibrohimjon Xolmatov – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.
  7. Rushana Rustamova – Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori.
  8. Iltijo Toshtemirova – Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori.
  9. Baxtiyor Nuriddinov – jurnalist, yozuvchi.
  10. Dadaxon Yoqubov – taniqli telejurnalist, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
  11. Xadicha Aminov – Oʻzbekiston xalq artisti.
  12. Shirmonxon Zokirova - Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi
  13. Ravshanbek Olimov – oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina, Fransiya, Portugaliya davlatlaridagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi.
  14. Umidjon Mamarasulov – jurnalist.
  1. Sayt Andijanskogo oblastnogo xokimiyata (Wayback Machine saytida 28-dekabr 2011-yil sanasida arxivlangan)(rus.)