Kontent qismiga oʻtish

Oʻktam Ismoilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O'ktam Ismoilovdan yoʻnaltirildi)
O'ktam Ismoilov
 Sirdaryo viloyati hokimi
Mansab davri
1996-yil – 2000-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Gʻulomqodir Hasanov
Vorisi Alisher Isroilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-oktyabr 1945-yil
Qoʻqon
Vafoti 2-iyul 2009-yil(2009-07-02)
(63 yoshda)

Oʻktam Qoʻchqorovich Ismoilov (tugʻ.1944-yil 23-oktyabr — 2009-yil 4-iyul) — oʻzbek davlat arbobi, Sirdaryo viloyati hokimi (1996-2000), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari.

Oʻktam Ismoilov 1944-yil 23-oktyabrda Qoʻqonda tugʻilgan. 1994-yil avgustda — „O'zbeklegprom“ davlat birlashmasi raisi, 1996-yil iyulda Bosh vazirning oʻrinbosari[1] — Goskomprognozstat raisi. 2000-yil fevralgacha — Sirdaryo viloyati hokimi. 2000-yil 11-fevraldan 2002-yil 30-dekabrgacha — Bosh vazirning oʻrinbosari — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi etib tayilandi.[2] 1998-yildan u Oʻzbekiston boks federatsiyasining prezidenti, 1999-yildan — Oʻzbekiston boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi prezidenti boʻlgan[3]. 2009-yil 4-iyulda vafot etdi.