Kontent qismiga oʻtish

Shavkat Umrzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shavkat Umurzakovdan yoʻnaltirildi)
Shavkat Boʻronovich Umrzoqov
 Toshkent shahar hokimi
Mansab davri
2023-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Rahmonov
 UzAutoMotors kompaniyasi raisi
Mansab davri
2018-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Umidjon Salimov
Vorisi Ulugʻbek Roʻziqulov
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi raisi
Mansab davri
2022-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Umidjon Salimov
Vorisi Ulugʻbek Roʻziqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-may 1979-yil (1979-05-27) (45 yosh)
Jizzax
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Unvoni Adliya katta maslahatchisi

Shavkat Boʻronovich Umrzoqov (1979-yil 27-may, Jizzax viloyati) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2024-yildan Toshkent shahar hokimi[1]. 2018—2023-yillarda UzAutoMotors kompaniyasi boshqaruv raisi[2].

2011-yildan 2013-yil sentyabrgacha – Toshkent viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi.

2013—2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi.

2018-yil mart-iyun oylarida – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.

2018-yil 27-iyundan 2023-yil 23-martgacha – „UzAutoMotors“ kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi raisi[3][4].

2023-yil 23-mart kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[5].

2024-yil 3-aprelda Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi[6].

2013-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlangan[7].

2020-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[8].