Oʻzbekiston tarixi
Oʻzbekiston tarixi ilk pggrthjjaleolit davridan .
Paleolit, mezolit va neolit davrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargona vodiysida Selungur gʻorining muhim topilmasi bu qadimgi odam „Gomo erektus“ (Fargʻonatrop)ning bosh kosaxonasi parchasi, Markaziy Osiyo qadimgi odamining suyak qoldiqlari xisoblanadi.
Oʻzbekistonda yuqori paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi.
Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq makoni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori, Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi.
Sarmishsoy — Oʻzbekiston hududidagi eng koʻp va beqiyos qoya tosh rasmlarini saqlab qolgan vodiydir. Bu yerda 6-7 ming yil avval qoyatoshlarga bitilgan 10 mingdan ortiq petrogliflar topilgan. Tasvirlar oʻzida ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi davr voqea-hodisalarini qamrab olgan. Bular odamlarning ish jarayoni, turli marosimlar, ov manzaralari, qurol-aslahalar, oʻsha davrlarda foydalanilgan kiyim-kechak va taqinchoqlar, kiyik, qulon, jayron, sher, arslon, qoplon va itlarning xatti-harakatlari orqali mohirona aks ettirilgan.[1]
Oʻrta Osiyoning janubiy hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shimolda yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qadimgi Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan.
Oʻzbekistoning tosh davri tarixi bilan arxeolog olimlar shugʻullangan (P.Okladnikov, David Lev, T.Mirsoatov, M.Qosimov, Oʻtkir Islomov, A. P. Derevyanko, K. A. Kolobova, V. Ranov, Mavlon Juraqulov, K.Kraxmal, B.Sayfullaev, N.Xolmatov).
Eneolit va bronza davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baqtriya-Margʻiyona madaniyati miloddan avvalgi XXIII-XVIII asrlarda janubiy Oʻzbekiston, Sharqiy Turkmaniston, Afgʻoniston shimolida mavjud boʻlgan bronza davri sivilizatsiyalaridan biridir. Bunday sivilizatsiyaning mavjudligi haqidagi fikr 1976-yilda arxeolog V. I. Sarianidi tomonidan eʼlon qilingan. Baqtriya-Margʻiyona madaniyati bizning davrimizda hind-yevropaliklar kelguniga qadar mahalliy madaniyat sifatida qaraladi. Bu madaniyat boʻyoqsiz kulolchilik buyumlari, ikki qavatli kulolchilik ustaxonalari, mis va bronza quyma buyumlar (pichoq, xanjar), aravachalarning loydan yasalgan modellari, tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari bilan ajralib turadi. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik sanoati shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligini koʻrsatadi.
Markaziy Osiyoning bronza davri tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Viktor Sarianidi, Vadim Masson, Sergey Tolstov, Y.Zadneprovskiy, A.Isakov, M.Itina, Boris Litvinskiy, Ahmadali Asqarov, Аnatoliy Sagdullaev, Temur Shirinov).
Qadimgi Baqtriya Baqtriya — Amudaryoni yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlari hamda Afgʻonistonning shimoliy qismini oʻz ichiga olgan. Shimolda Sugʻd, janubda va janubi-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Margʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. Baqtriya miloddan avvalgi VI—IV asrlarda Ahamoniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi III asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi II asrda toharlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan.
Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev, Shaul Shaked.
Qadimgi Xorazm
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorazm Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimgi davlat[2][3][4] va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).
Miloddan avvalgi VIII asrda janubdan kelgan xorazmiylar Amudaryoning quyi oqimidagi mahalliy aholi bilan aralashgan.[5]
Milet Gekatiyning yozishicha, Xorazm nomi Ahamoniylargacha boʻlgan davrda tilga olingan [6]. S. Tolstovaning soʻzlariga koʻra, Orol dengizi aholisi haqida oʻzlarining oʻtmishini janubiy hududlar bilan bogʻlaydigan afsonalar boʻlgan va ehtimol bu qadimgi Mitanni tarixi bilan bogʻliq.[7]
Miloddan avalgi I ming yillik oʻrtalarida koʻchib kelganlar va mahalliy massaget qabilalari bilan aralashib, ularga oʻz nomlarini berganlar.
Mil. av. V asr oxiri esa, Xorazm alohida satraplik hisoblangan va miloddan avvalgi IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan. III asrda tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibida boʻlgan.
Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baqtriyadan janubda Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farqli oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, baqtriyaliklardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sugʻorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari — dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.
Mil. av. IV asrning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Miloddan avalgi 328-yil bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaada boʻlgan. Keyinchalik (305-yildan) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi(beti)da tojdor hukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. I asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar milodiy VIII asrgacha zarb etilgan. Xorazm davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qadimgi davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.
Beruniy viloyatida Akchaxon-Qalʻa yodgorligi oʻrganilib, u yerda III asrning oxiridan boshlab saroy ochilgan. Rasmlarning kʻopchiligi miloddan avvalgi II-II asrning boshlarigan oiddir. Uning zallaridan birida balandligi olti metrga teng boʻlgan odamlar tasvirlangan noyob devor rasmlari topildi. Ulardan biri — boshida katta toj kiygan odamning tasviri. Koʻylakning yoqasi odamlar va hayvonlar manzaralari bilan bezatilgan. U koʻylak kiygan, uni xoʻroz boshlari maskali odamlarning rasmlari bilan bezatilgan. Shimlarda uzun oyoqli va uzun boʻyinli qushlar bilan takrorlanadigan naqsh mavjud.[8]
Qadimgi Xorazm tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Yuriy Rapoport, Bella Vaynberg, Vadim Yagodin, Iso Jabborov, M.Mambetulaev, M.Kdrniyazov).
Makedoniyalik Iskandarning Oʻrta Osiyoga yurishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Makedoniyalik Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan.
Soʻng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha taʼqib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi.
Miloddan avvalgi 328 yilda Iskandar oʻzining sarkardasi va doʻstlaridan biri Klitni Samarqandda tungi ziyofat vaqtida oʻldirgan.[9]
Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327 yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang Soʻgʻd qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr soʻgʻdlik Oropiyni Soʻgʻdiyona hokimi etib tayinlab, oʻzi Hindistonga yurish qiladi.
Makedoniyalik Iskandar tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Anatoliy Sagdullaev).
Salavkiylar davlati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salavkiylar davlati, mil.av. 312 — 64-yil Gʻarbiy Osiyoda ellinlik (yunon-makedon) davlatlarining bittasi. Poydevorini Selevk I Nikator qoʻygan. Poytaxti — Selevkiya, keyinchalik Antioxiya boʻldi. Selevkiylar sulolasini davlatining tarkibiga Suriya, Mesopatamiya, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron togʻli oʻlkasi, Markaziy Osiyoning bir qismi kirdi.
Selevkning merosxoʻri Antioxning onasi Soʻgʻd malikasi Apama edi. Selevk va Apama miloddan avvalgi 324 yilda Suzada turmush qurishgan. Baʼzi taxminlarga qaraganda Apama Spitamenning qizi boʻlgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 250 yil — mil. av. 140—135 yillar). Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avalgi 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy Gʻarbiy Hindiston ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shimoliy Afgʻonistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev).
Qangʻ davlati, qadimgi xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi. K.Shoniyozovning fikricha, Q.d. sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shimoli-sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Q.d.ning jan. hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan.
K. Shoniyozovning yozishicha, kangyuylar koʻchmanchi turkiyzabon qabilalar bilan birlashib, Soʻgʻd va Oʻrta Sirdaryoning oʻtirgan aholisining dastlabki turkiyzabon qatlamini tashkil etgan.[10]
Qadimgi Qangʻ tarixi bilan tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Karim Shoniyozov, Yuriy Buryakov, Iso Jabborov, M.Filanovich, G.Bogomolov).
Kushon podsholigi — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi kadimgi davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yoxud oʻrtalarida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuyechji) miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida bir asr davomida 5 qabilaga boʻlinib yashagan. Boʻlardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.
Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qadimgi Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi.
Kanishka I davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik va boshqa dinlar ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi.
Kushon podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Lazar Albaum, Shokir Pidaev, Baxodir Turgʻunov, T.Annaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams).
Eftaliylar davlati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eftaliylar (eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, yeda) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asr — VI asrlarda davlat barpo etgan qabila ittifoqi.
Kanadalik sinolog Edvin Pulliblank eftalitlarni, Eroniyzabon xalqlar taʼsirida boʻlgan turkiy qabilalar deb hisoblagan.[11]
Eftaliylar xioniylar (350 yil) va kidariylardan (380 yil) keyin Oʻrta Osiyoga koʻchishning uchinchi toʻlqinini tashkil etganligi odatda qabul qilingan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, buning oʻrniga milodiy 350-360 yillarda koʻchmanchilar koʻchib oʻtishning katta toʻlqini boʻlishi mumkin.[12][13]
5 asrda Eftaliylar Soʻgʻdiyona hududini bosib oldilar. 479 yillarda eftaliylar Samarqand viloyatini egallab olishgan. 484 yildayoq taniqli efalit hukmdori Axshunvar sosoniylar podshosi Peroz I ni magʻlubiyatga uchratdi.[14]
Turk xoqonligi Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan.
Oʻz davrida „Oʻn Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan. Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
Birinchi turkiy shoir, yozuvchi va tarixchi Yoʻllugʻ tegin (7-asr oxiri — 8-asr boshlari) boʻlib, u Kul-tegin, Bilga-xoqon va Qutlugʻ Eltaris-xoqonlar sharafiga bitiklar muallifi boʻlgan. Yozuvlarda turklarning madaniy darajasi, ularning adabiyoti, tarixiy bilimlari aks etgan. VII-VIII asrlarda manbalarda Oʻzbekiston hududidagi bir qator turkiyzabon qabilalar: turklar, kumidjiya, qarluqlar, xalajlar, argu, turkashlar nomlari qayd etilgan.[15]
VII-VIII asrlarga oid turkiy ismlar va unvonlar Baqtriya hujjatlarida uchraydi: xoqon, tapaglig eltabir, tarxon, tudun, Kutlug Tapaglig Bilga savuk, Kera-tongi, Tongaspar, turkiy etnik ismlar: xalach, turk [16]
VIII asr oʻrtalarida Buxoro vohasining turkiy hukmdorlari bir qator turkiy-Soʻgʻd tangalarini zarb qilganlar, ularga „Xoqon pullari“ yozuvi tushirilgan.[17] Oʻrta Osiyo vohalari turklari oʻzlarining tanga pullarini chiqarganlar: turk, turkesh, tuxus turk-soʻgʻd tangalari.
Soʻgʻd hududida 8 asr boshidagi xujjatlar orasida turkiy tilda runik alifbosida yozilgan hujjat topilgan. Fargʻona vodiysi hududida qadimgi turkiy tilda 20 dan ortiq runik yozuvlar topilgan. Bu VII-VIII asrlarda mahalliy turkiy aholi oʻzlarining yozma anʼanalariga ega boʻlganligidan dalolat beradi.
Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).
Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud — Oʻrta Osiyodagi qadimgi tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor muqaddas miloddan avvalgi 7-6 asrlarda qadimgi „Avesto“da tilga olingan.
4-8-asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda kichik davlatlar konfederatsiyasi va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular 9-asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turkiston va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan.
Soʻgʻd tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Larisa Baratova, Sh. Kamoliddinov, Vladimir Livshits, Boris Marshak, Olga Smirnova, Valentina Raspopova, Lazar Albaum, Aleksandr Belenitskiy, T.Lebedeva, Galina Shishkina, Amriddin Berdimurodov, H.Oxunboboyev, Pavel Lurie).
Arablar tomonidan Movarounnaxrni fatx etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qutayba arablarning boxiliylar qabilasidan boʻlib, Arab xalifaligining dunyoni fath qilish qilish uchun yoʻllagan mujohidlar qatorida ishtirok etgan. 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlangan. U arablarning Oʻrta Osiyoga islomni yoyish maqsadida qilingan gʻazotlarining bosh tashkilotchisi boʻlib, ushbu harakatlarga boshchilik qilgan. Oʻzidan avvalgi noiblardan farqli oʻlaroq, Movaraunnahrni zabt etishda misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan. 708-yilda Kesh, 709-yilda Buxoro, 712-yilda Xorazm va Samarqand,[18] 713-yilda esa Shosh (Toshkent) egallangan. 714-yilda Qutayba qoʻshinlari Fargʻona vodiysini fath qilgan.
Somoniylar davlati (875-999) — Movarounnahr va Xurosondagi oʻrta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni boshqargan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bogʻliq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni oʻz ichiga olgan.
Somoniylar davlatining eng mashhur hukmdori Ismoil Somoniy boʻlgan. U butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy 907 yilgacha hukmronlik qildi.
Somoniylar davri tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Mixail Masson, Galina Pugachenkova,E.Bertels, Ubaydulla Karimov, Muzaffar Xayrullayev, Shamsiddin Kamoliddinov).
Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qd.ning barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan.
Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.
Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.[19]
Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, 11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.[20]
Yusuf Xos Hojib (11 asr) Qoraxoniylar davrining mashhur turkiy shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi boʻlgan. 1069-70 yillarda yozib tugallangan „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatidagi turkiy adabiyot namunasidir.
Qoraxoniylar davlati va madaniyati tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Qoraxoniyalarning siyosiy tarixiga oid V.Bartold, Boris Kochnev, Elena Davidovich, Fedorovlar yirik tadqiqotlat olib borishdi. Qoraxoniylar davri madaniyati va arxeologiyasiga oid Aleksandr Bernshtam, M.Masson, G.Pugachenkova, Oleg Bolshakov, Solih Mutallibov, L.Rempel, Nina Nemtseva, Karl Baypakov, Yuriy Buryakov, A.Anorboev, Sh. Kamoliddinov, Y.Karevlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan.[21]
Oʻzbek etnonimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.
XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115—1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi [22].
Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegizidlar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210—1225) boʻlgan [23]
1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jaloliddin qoʻshinlarining etakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi.[24]
Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan [25]
Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek Xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek Xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining reydini eslatib oʻtadi.[26]
1360-yillarda, Dasht-i-Qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. 1360-yillarda „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dasht-i-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyk shoir Alisher Navoiy (1441—1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.[27]
Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali, Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.[28] Mazmuni: Shoh toj va xilʼatli men tomosha qilamanmi, menga boshiga qalpoq (doʻppi), egniga yaktak kiygan oʻzbegimning oʻzi boʻlsa bas.
Xorazmshoxlar davlati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Khorazmsholar davlati tarixi bilan ozarbayjonlik akademik olim Ziyo Buniyotov (1921-1997) shugʻullangan va katta monografiya nashr qilgan.[29]
1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginiylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) „Xorazmshoh“ unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi.
1156-yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan.
Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy. 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y. 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy. 4. Otsiz 1127-1156 yy. 5. Elarslon 1156-1172 yy. 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y. 7. Takash 1172-1200 yy. 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy. 9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.
Moʻgʻullar istilosi Chingizxon boshchiligida moʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-asr oxiriga qadar davom etgan. 1219-1221-yillarda Oʻrta Osiyo xalqlari boʻysundirildi. Samarqand, Urganch, Termiz va boshqa shaharlar vayron qilindi. 1222-yilda xorazmshohlar davlati yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.
Amir Temur va Temuriylar davlati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1370-yilda Amir Temur markazi Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U Oltin Oʻrda, Hindiston, Turkiyaga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.
Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.da Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
Amir Temur davri tarixi bilan mashhur adabiyotchi, tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Aleksandr Yakubovskiy, Mixail Masson, Galina Pugachenkova, E.Bertels, L.Rempel, Muzaffar Xayrullayev, Utkir Alimov, Asom Oʻrinboyev, Sabohat Azimjonova, Turgʻun Fayziev, Ubaydulla Uvatov, Omonulla Boʻriev).
Oʻzbek xonliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro xonligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1500-yilda Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi oʻrnatiladi. 1533-yilda davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgandan soʻng mamlakat Buxoro xonligi nomi bilan mashhur boʻladi.
Xonlik tasarrufiga dastlab Movarounnahr, Janubiy Turkiston, Fargʻona va qisqa muddat Xorazm hududlari kiradi (Xorazmda 1511-yilda Xorazm Shayboniylari hukmronligi oʻrnatiladi).
Shayboniy hukmdorlarning eng yirik namoyondalari Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II boʻlgan. Shayboniy oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlangan) bizgacha yetib kelgan.
Abdullaxon II tarixga oʻzidan ulkan iz qoldirishga erishdi: oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Uning davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan.
Shayboniylar zamonida Buxoro xonligining Hindiston (Boburiylar), Turkiya (Usmonlilar), Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan va hattoki, Eron Safaviylariga qarshi, Usmonlilar bilan harbiy ittifoq oʻrnatilgan.
1599-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi Shayboniylardan Ashtarxoniylar (Joniylar) qoʻliga oʻtadi. Ashtarxoniylarning eng yirik namoyondasi Imomqulixon boʻlgan.
Joniylar davrining mahshur oʻzbek shoirlari orasida Soʻfi Olloyor(1644-1724), Mashrab, Turdilarni tilga olish mumkin.
1756-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi toʻlaligicha Mangʻitlar sulolasining birinchi vakili boʻlgan va xon deb eʼlon qilingan Muhammad Rahimning qoʻliga oʻtadi. Muhammad Rahimxon oʻlimidan soʻng uning amakisi Doniyolbiy xon unvonini qaʼbul qilmaydi va soxta xonlarni taxtga koʻtarib davlatni ularning nomidan otaliq unvonida boshqaradi. Ushbu holat Shohmurodning amir deb eʼlon qilingani qadar davom etadi.
Buxoro xonligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Roza Mukminova, Mahkam Abduraimov, Boʻriboy Ahmedov, A.Semenov, P. P. Ivanov)
Buxoro amirligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1785—1920-yillar oraligʻida davlat nomi Buxoro amirligi deb yuritilsada, yevropaliklar tomonidan, anʼanaviy ravishda, Buxoro xonligi deb ham atalishda davom etadi.
1785-yilda Shohmurod davlatni boshqarishda amir unvonini qaʼbul qiladi. U xalq orasida amiri maʼsum, yaʼni begunoh amir nomi bilan mashhur boʻladi. Amir Shohmuroddan keyin davlatni boshqargan taniqli amirlar: Haydar va Nasrullaxonlardir.
1863-yilda Buxoro va Samarqandga vengrialik sharqshunos Arminiy Vamberi tashrif buyrgan va oz xotiralarini nashr qilgan.
Amir Muzaffar hukmronligi davrida, aniqrogʻi 1868-yilda amirlikning shimolidagi hududlar, xususan Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari Rossiya imperyasi tomonidan egallab olinadi. 1873-yilda esa Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi ustidan oʻz protektoratini oʻrnatadi. U Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga urinadi.
Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan amirlar Abdulahadxon va Olimxonlar davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda Mangʻitlar sulolasiga barham topadi va Buxoro amirligi tugatiladi.
Buxoro amirligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Vasiliy Vyatkin, Mahkam Abduraimov,L.Rempel, P. P. Ivanov, A.Semenov, Naim Norqulov, Xalim Turaev)
Xiva xonligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1511-yildan boshlab Xorazmda Arabshoxiylar (Xorazm Shayboniylari) hukmronligi oʻrnatiladi. Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Ushbu sulolaning eng yirik vakili Abulgʻoziy Bahodirxon boʻlgan. Uning davrida markaziy hokimiyat mustahkamlandi va Xivaga mutlaq poytaxt maqomi berildi. Shundan keyin mamlakat yozma manbalarda Xiva xonligi nomi bilan zikr etiladi, ammo rasmiy hujjat va zarb qilingan tangalarda Xorazm nomi yoziladi.
1740-yilda Eron shoxi Nodirshox Xorazmga bostitrib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1763-yildan boshlab Xorazm boshqaruvi oʻzbek Qoʻngʻirotlar sulolasi qoʻliga oʻtadi. Sulolaning ilk vakillari Muhammad Aminbiy va Avaz soxta xonlarni taxtga koʻtarib, ular nomidan davlatni inoq unvonida boshqarishadi. Faqatgina Eltuzar hukmronligi davridan boshlab sulola vakillari xon unvonini qabul qilishni boshlashadi. Qoʻgʻirotlarning alohida vakillari xorazmshox unvonini ham qaʼbul qilishgan.
Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. Muhammad Rahimxon II xonlikning soʻnggi mustaqil hukmdori hisoblanadi. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniny jihatdan oʻsishi koʻzga tashlansada, aynan shu davrda, yaʼni 1873-yilda xonlik hududining bir qismidan ayrildi va Rossiya imperiyasi protektoratiga aylandi.
Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan xonlar Muhammad Rahimxon II va Asfandiyorxon davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda oʻzbek Qoʻngirotlar sulolasi barham topadi va Xiva xonligi tugatiladi.
Qoʻqon xonligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xonlikka 1709-yil oʻzbeklarning ming urugʻiga mansub Shohruxbiy tomonidan asos solingan deb hisoblanadi. U rivoyatlarga koʻra kelib chiqishi Bobur avlodi Oltin beshikka borib taqaladi.
Uning avlodlaridan biri Abduraim Diqantoʻda qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxminan 1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi. Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik Qalʼai Raimboy deb nomlangan. Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi, Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni, Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm 1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri tomonidan oʻldiriladi. Bundan tashqari fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni boʻysundirib, qoʻqonliklarni Samarqanddan quvib yuboradi. Abduraimning ukasi Abdukarimbiy endigina Qoʻqon deb atala boshlagan (1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi (Aslida esa, „Qoʻqon shahri“ atamasi anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn Havqal Axsi shaharchasi va Shosh daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani haqida yozishgan, yaʼni bu joy hozirgi Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga „asos solganlar“ unda shunchaki oʻrda (saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq emas).
Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida xonlik hududi kengaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy ham Xitoyga boj toʻlab turganlar.
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi Leninobod), Toshkent shular jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli Muhammadali (Madalixon) taxtga oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida xonlikning hududi anchagina kengaydi. Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-yil Pishpak va Toʻqmoq qalʼalari barpo etildi.
Quqon xonligini eng mashhur oʻzbek shoirasi Nodira (1792 — 1842) boʻlgan. „Komila“ va „Maknuna“ taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — oʻzbeklarning ming qabilasidan boʻlgan.
1842-yil Buxoro amirligi hukmdori Nasrullaxon Qoʻqon xonligini qoʻlga kiritdi. Shu yillarda Madalixonning jiyani Sheralixon isyon koʻtaradi, bu isyon keyinchalik fuqarolar urushiga va etnik nizolarga sabab boʻladi. 1845-1858-yillarda (va yana 1865-yil) taxtga Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxon oʻtiradi.
1855-yildan boshlab mahalliy hokimlarning oʻzboshimchaligi va zulmlaridan charchagan qirgʻiz va qozoq qavmlari ruslar tarafga ogʻa boshlaydilar. Oqibatda xonlikning Rossiya harbiylari bilan bir necha marta qurolli toʻqnashuvlari yuzaga keladi. 1866-yil Rusiya imperiyasi Toshkentni, keyingi yil Xoʻjandni egallaydi. Bu vaqtda Toshkent begi Yoqubbek Xitoy tazyiqidan vaqtincha ozod boʻlgan Qashqarga qochib ketadi.
1868-yilgi Rusiya bilan savdo kelishuvlari Qoʻqon xonligini iqtisodiy jihatdan Rusiya iqtisodiga qaram qilib qoʻyadi. 1873-1876-yillarda Xudoyorxonning ichki siyosatidan norozi boʻlgan xalq gʻalayon koʻtaradi. Qoʻzgʻolonni oʻzini taxt vorisi deb eʼlon qilgan Poʻlatxon boshqaradi. Isyonchilar avvaliga Rusiyadan yordam kutishadi, ammo Rusiya ularga yordam qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi. Bundan ranjigan Poʻlatxon 1875-yil taxtni egallagach, Rusiyaga qarshi siyosat yuritadi, Natijada 1876-yil martida Rusiya imperiyasining generallari Kaufman va Skobelev ham harbiy kuch tashlab, qonuniy xonni himoya qilish bahonasida Qoʻqonni qamal qilishadi. Poʻlatxon tutib, qatl qilinadi, Qoʻqon xonligi tugatiladi. Sobiq Qoʻqon xonligining yerlari Rusiya Turkistonining Fargʻona viloyati tasarrufiga oʻtadi.
Quqon xonligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (V.Velyaminov-Zernov, V.Nalivkin, Vasiliy Bartold, Rashid Nabiyev, P. P. Ivanov, A.Semenov, Shodmon Vohidov, T.Beysembiev, B.Bobojonov, Scott Levi).
Sovet hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiston ASSR
[tahrir | manbasini tahrirlash]1917-yil 7- dan 8-noyabrga oʻtar kechasi Petrogradda Oktabr inqilobi nomi bilan tarixga kirgan qoʻzgʻolon uyushtirildi. Shu kech poytaxti Moskva shahri boʻlgan Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ Respublikasi (RSFSR) tuzildi. Turkiston General Gubernatorligi oʻrnida RSFSR tarkibidagi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston Muxtoriyati) tuzildi. Sobiq Rusiya imperiyasi protektoratlari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligi vaqtincha mustaqil boʻlib qoldilar.
1920-yil 26-avgustda Turkiston muxtoriyatining Sirdaryo va Yettisuv qismlarida RSFSR qaramogʻidagi Qirgʻiziston ASSR (Qirgʻiziston Muxtoriyati) tashkil qilindi.
Buxoro va Xorazm XSR
[tahrir | manbasini tahrirlash]1923-yil SSJI tarkibiga Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari qoʻshildilar (SSR sifatida).
1924-yil sentabrida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari sotsialistik respublikalarga aylantirildi, lekin bir oy oʻtib, Oʻzbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etilishi munosabati bilan chegaraviy boʻlinishlarga uchrab, viloyat maqomini oldilar.
Oʻzbekiston SSSR tarkibida
[tahrir | manbasini tahrirlash]1923-yildan 1929-yilgacha guberniyalar oʻrnida oʻlkalar va viloyatlar (SSJI davrida yozilgan barcha oʻzbek tilidagi rasmiy hujjatlarda „viloyat“ soʻzi „oblast“ tarzida, „tuman“ soʻzi „rayon“ tarzida uchraydi), volostlar va uyezdlar oʻrniga tumanlar tashkil qilindi. Boshqaruv ishini yengillashtirish maqsadida viloyatlar muntazam ravishda boʻlinib borildi. Oʻrta Osiyodagi respublikalar ham milliy yoki diniy qarashlardan kelib chiqib boʻlindi.
1924-yil 14-oktabrda Buxoro SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi va Qirg'iziston ASSR tarkibidan Qora-Qirg'iz avtonom oblasti ajratildi.
1924-yil 27-oktabrda rasman Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzildi. Oʻzbekiston SSR tarkibiga Buxoro SSR (Tojikiston ASSR bilan birga) va boʻlib yuborilgan Xorazm SSRning uchdan bir qism hududi qoʻshildi, qolgan qismlardan biriga Qirgʻiziston ASSR tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston AO tuzildi, qolgan uchinchi qism hududda Turkmaniston SSR tashkil etildi.
Shu tariqa Oʻzbekiston ittifoqdosh respublika maqomida SSJI tarkibiga qoʻshildi, Oʻzbekiston SSRning birinchi poytaxti 1924-yilda Samarqand shahri boʻldi. 1930-yilda poytaxt Toshkent shahriga koʻchirildi.
1926-yil 1 fevralda Qirgʻiziston ASSR Qozogʻiston ASSRga oʻzgartirildi va Qora-Qirgʻiz AO uning tarkibidan ajratib olinib, oʻrniga Qirgʻiziston ASSR tuzildi.
1929-yil 16 oktabrda Oʻzbekiston SSR tarkibidan Tojikiston ASSR ajratib olindi va oʻrniga Tojikiston SSR tuzildi. Tojikiston SSR 1929-yilning 5 dekabrida SSJI tarkibiga qoʻshildi.
1936-yilning 5 dekabrida Qirgʻiziston ASSR va Qozogʻiston ASSR rasman RSFSR tarkibidan ajratilib, Sovet Sotsialistik Jumhuriyatlar Ittifoqiga SSR sifatida qoʻshildi, Qoraqalpogʻiston AO esa, Avtonom SSR sifatida Oʻzbekiston SSR tarkibiga kirdi.
SSSR tarkibida Oʻzbekiston hukumati boshliqlari Oʻzbekiston SSR tuzilgan sanadan boshlab, 1925-yil fevral oʻrtalarigacha rasman respublika boshligʻi Fayzulla Xo'jayev boʻlgan. (1896 — 15.03.1937).
1925-yil 17 fevraldan Yo'ldosh Oxunboboyev (01 (13).07.1885 — 28.02.1943) Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroqoʻmi Raisi (1938-yil 21 iyuldan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi) etib tayinlandi va umrining oxirigacha mazkur lavozimda qoldi
1938-yilning 19-dan to 21-may sanasigacha Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi lavozimida vaqtinchalik Usmon Yusupovich Yusupov (01.03.1900 — 07.05.1966) boʻldi.
1943-yil 22 martdan 1947-yil 14-martgacha Prezidium Raisi Abduvali Mo'minov boʻldi.
1947-yil 17 martdan 1950-yil 21-avgustga qadar OʻzSSR Prezidiumi Raisi lavozimida Amin Ermatovich Niyozov (1903-1973) ish yuritdi.
Oʻzbekiston Sharof Rashidov davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yil 21-avgustdan OʻzSSR Raisligiga Sharof Rashidovich Rashidov (24.10 (06.11).1917 — 31.10.1983) tayinlandi va umrining oxirigacha oʻz lavozimida qoldi. Sharof Rashidov tomonidan mamlakat rahbarligi davrida Oʻzbekistonning yutuqlari: 1977-yilda Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi metro qurildi. 1967-yilda Markaziy Osiyoda eng yirik oltin koni topildi. Markaziy Osiyoda birinchi marta Samarqandda Arxeologiya institutiga asos solindi. Tarixda birinchi marta Mirzo Ulugʻbekka yodgorlik oʻrnatildi. Samarqandning tashkil topishi tarixi muzeyi tashkil etildi. 4 jildli Oʻzbekiston tarixi yozildi va nashr etildi. Sh. Rashidov vafotidan soʻng, Oʻzbekistonning koʻp jildli tarixi nashr etilmagan. Birinchi marta Alisher Navoiy haqida oʻn qismli videofilm suratga olindi. Mirzo Ulugʻbek haqida birinchi marta ikkita film suratga olindi. Abu Rayxon Biruniy, Ibn Sino, Hamza haqida filmlar suratga olingan. Markaziy Osiyoda birinchi marta 14 jildli milliy entsiklopediya nashr etildi.
Oʻzbekiston 1983-1991-yillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ammo, shuni ham taʼkidlash joizki, rasman respublika boshliqlari 1959-yildan to 1970-yilgacha Yodgor Sodiqovna Nasriddinova (26.12.1920), 1970-78-yillarda Nazar Matkarimovich Matchonov (01.01.1923), 1978-83-yillarda Inomjon Buzrukovich Usmonxoʻjayev (21.05.1930) boʻlishgan.
Rasmiy Moskva tomonidan uyushtirilgan, Gdlyan va Ivanovlar tomonidan olib borilgan „tozalash ishlari“ natijasida mamlakatning keyingi boshliqlari tez-tez almashtirib turildi.
21.12.1983 — 09.12.1986 Oqil Umrzoqovich Salimov (1928)
09.12.1986 — 09.04.1988 Rafiq Nishonovich Nishonov (15.01.1926)
09.04.1988 — 06.03.1989 Poʻlat Qirgʻizboyevich Habibullayev (14.10.1936)
06.03.1989 — 24.03.1990 Mirzaolim Ibragimovich Ibragimov (1928)
1990-yil 24 martda Oʻzbekiston SSR prezidenti lavozimiga tantanali ravishda Islom Abdugʻaniyevich Karimov keldi va oʻzbek xalqini yangi gʻoya — mustaqillik sari intilishga undadi. [30]
Mustaqil Oʻzbekiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil SSSR boʻlinib ketishi oqibatida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi vujudga keldi. Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. Turli islomiy radikallar jumhuriyat tepasiga chiqishga urinib koʻrishdi, ammo barcha harakatlari besamar ketdi, 1999-yil ushbu radikallar terroristik harakatlarni boshlashdi.
Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti davrida mamlakat oʻz bayrogʻiga (1991), tamgʻasi (1992), konstitutsiyasiga (1992) ega boʻldi. Sovet tuzumi oʻrniga hokimlar va mahalla instituti bilan yangi maʼmuriy tizim yaratildi.
1996-yilda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 2007-2011-yillarda „Temuriylar davri yozma yodgorliklarini Oʻzbekistonda va undan tashqarida oʻrganish“ fundamental tadqiqot loyihasi amalga oshirildi, uning doirasida Amir Temur va temuriylar davri qoʻlyozmalariga oid boshqa mamlakatlarda saqlangan materiallar va maʼlumotlar toʻplandi.
Qatagʻon qurbonlarini xotirlash muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1 mayda qabul qilingan „Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida“gi farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8 noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. „Qatagʻon qurbonlari xotirasi“ muzeyining ahamiyatini inobatga olgan holda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5 maydagi farmoni bilan muzey ekspozitsiyasi yangilandi. Muzey 20-asrning 20-yillari boshidan 1930-yillarning oxirigacha qatagʻon qilinganlarning qatl etilishi sodir boʻlgan joyda joylashgan.
2020-yil 9 mayda Toshkentda Gʻalaba bogʻi ochilgan. Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini nishonlash uchun bogʻ tashkil etish tashabbusi Prezident Sh. M.Mirziyoevga tegishli. Olmazor viloyatida joylashgan bogʻ 12 gektardan ziyod maydonni qamrab olgan. U ikkita tematik qismdan iborat — birinchisi, oʻzbeklarning janglarda qatnashishini, ikkinchisi — respublikaning front orqasidagi hayotini aks ettiradi. Zulfiya Zokirovaning, uning qahramon oʻgʻillari sharafiga „Mardlik sari“ yodgorligi yaratildi. Ushbu mavzuda „Ilhak“ badiiy filmi suratga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2021-02-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-09
- ↑ Kultura i iskusstvo drevnego Xorezma. M., 1981, s3.
- ↑ Rapoport Yu. A. Kratkiy ocherk istorii Xorezma v drevnosti // Priarale v drevnosti i srednevekove. M., 1998,s.28
- ↑ Tolstov, S. P. Drevniy Xorezm (opit istoriko-arxeologicheskogo issledovaniya). 1948, s.13
- ↑ Pʼyankov I. V., Khorasmii Gekateya Miletskogo // Vestnik drevney istorii, № 2, 1972, s.2-20
- ↑ Rapoport Y. A., Kratkiy ocherk istorii Khorezma v drevnosti // Priaralʼye v drevnosti i srednevekovʼye. Moskva: Vostochnaya literatura, 1998,s.29
- ↑ Tolstova L. S. Drevneyshiye yugo-zapadnyye svyazi v etnogeneze karakalpakov // Sovetskaya etnografiya. № 2. 1971. S.25-30
- ↑ Betts, Alison, Vadim N. Yagodin, Frantz Grenet, Fiona Kidd, Michele Minardi, Melodie Bonnat, and Stanislav Khashimov. „The Akchakhan-kala wall paintings: new perspectives on kingship and religion in Ancient Chorasmia.“ Journal of Inner Asian Art and Archaeology 7 (2016): 125-165.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Shaniyazov K. SH. K voprosu o tyurkoyazychnykh komponentakh v slozhenii uzbekskoy narodnosti // Problemy etnogeneza i etnicheskoy istorii narodov Sredney Azii i Kazakhstana. Vypusk 3. Etnografiya. M.,1991, 45 bet.
- ↑ E. G. Pulleyblank. The consonantal system of old Chinese. Asia Major IX. I, 1962 — r.258, 26
- ↑ Vaissière, Etienne de la. Oxford Handbook of Late Antiquity: 5 Central Asia and the Silk Road (en). Oxford University Press, 2012 — 144-146-bet.
- ↑ Sundermann, Werner; Hintze, Almut; Blois, François de. Exegisti Monumenta: Festschrift in Honour of Nicholas Sims-Williams (en). Otto Harrassowitz Verlag — 218, note 5-bet. ISBN 978-3-447-05937-4.
- ↑ de la Vaissière, Étienne „Is There a "Nationality of the Hephthalites"?“, . Hephthalites, Bulletin of the Asia Institute 17, 2007 — 128-129 and note 35-bet.
- ↑ Shoniyozov K., Qarluqlar davlati va qarluqlar. T., 1999
- ↑ Sims-Williams Nicholas, Bactrian documents from Northern Afghanistan. I. Legal and economic documents. London: Oxford university press, 2000
- ↑ Smirnova O. I., Svodnyy katalog sogdiyskikh monet. M., 1981, s.59.
- ↑ Istoriya at-Tabari. Perevod s arabskogo V. I. Belyaeva, O. G. Bolshakova, A. B. Xalidova Tashkent. Fan. 1987, s.126-145
- ↑ E. Van Donzel, ed (1997). "Al-Kâshgharî" (inglizcha). The Encyclopedia of Islam. IV. Leiden—New York: E. J. Brill.
- ↑ Sovetskaya istoricheskaya ensiklopediya. T.14. M., 1973, S.667
- ↑ Anarbayev A. Blagoustroystvo srednevekovogo goroda Sredney Azii (V- nachalo XIII v.). T., 1981; Bartolʼd V. V. Turkestan v epokhu mongolʼskogo nashestviya // Akademik V. V. Bartolʼd. Sochineniya. Tom I. M., 1963; Bolʼshakov O. G. Dva vakfa Ibrakhima Tamgach-khana v Samarkande // Strany i narody Vostoka. Vyp. X. M.: 1971; Buryakov Yu. F., Tashkhodzhayev Sh. S. Istoricheskaya topografiya Samarkanda XI — nachala XIII vv. // Afrasiab. Vyp. 4. T.,1975; Davidovich Ye. A. Numizmaticheskiye dannyye po sotsialʼno-ekonomicheskoy i politicheskoy istorii Sredney Azii X-XVIII vv. Avtoref. dokt. diss. Dushanbe-Moskva, 1964; Kamaliddinov Sh. S., Makhmudova M, Musametov B. Dva vakfa Tamgach Bugra-khana v Samarkande. Vakfnyye dokumenty XII veka na madrasa i dom bol’nykh v Samarkande. Tekst. Perevod. Kommentarii. LAP LAMBERT Academic Publishing, 2012; Kochnev B. D. Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991-1209). Chastʼ 1. Istochnikovedcheskoye issledovaniye. M., 2006; Nemtseva N. B., Shvab Yu. Z. Ansamblʼ Shakhi-Zinda (istoriko-arkhitekturnyy ocherk). T., 1979
- ↑ Usama ibn Munkiz. Kniga nazidaniya. per. Yu. I. Krachkovskogo. M. Izd-vo vostochnoy literaturi, 1958, c.134
- ↑ Rashid ad-din. Sbornik letopisey. T.1., kn.1. M., 1952
- ↑ Shixab addin Muxammad an-Nasavi. Jizneopisanie sultana Djalaladdina Mankburni. Izdanie krit. teksta, perevod s arabskogo, predislovie, kommentariy, primechaniya i ukazateli Z. M. Buniyatova. M.., 1996, c.259
- ↑ Ermatov M., Etnogenez i formirovanie predkov uzbekskogo naroda. Tashkent: Uzbekistan, 1968
- ↑ Istoriia narodov Uzbekistana, III, Toshkent, 1993, 39-bet
- ↑ Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Oʻn birinchi tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. — Toshkent, 1993. 189 bet
- ↑ Alisher Navoi, Mukammal asarlar tuplami. 3 jild. Toshkent, 1988
- ↑ Buniyatov Z. M. Gosudarstvo Khorezmshakhov-anushteginidov, 1097—1231. M.,1986
- ↑ http://www.tarix.uz/buyuk-shaxslar/ozbekiston-hukmdorlari/ (Wayback Machine saytida 2016-03-17 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston Xukumdorlari