Al-Iymon masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Iymon masjidi
Al-Iymon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Mamayunusov Xayrullo domla Saidmahmadovich[1]
Minoralar soni 2
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Al-Iymon masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan[1][2].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Iymon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Erkin qishloq fuqarolar yigʻini, Turkiston maxalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan[3][4]. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorta uchun Erkin qishloq fuqarolar yigʻini, Turkiston mahalla fuqarolar yigʻini, Eshon qishloq mahallasi, Oq uy koʻchasi, Doʻstlik koʻchasi, Katta bogʻ koʻchasi, Qorasuv koʻchasi, Erkin koʻchasi, Sunbula koʻchasi, Ijodkor koʻchasi, Navoiy koʻchasi, Doʻstlik koʻchasi, Yangi ovul koʻchasi, Nurafshon koʻchasi, Toshbuloq koʻchasi, Oqlon koʻchasi, Soyguzar koʻchasi, Kech kechik koʻchasi, Quyoshli koʻchasi, Istiqlol koʻchasi, Ziyolilar koʻchasi, hamda, unga qoʻshni boʻlgan qishloq va koʻchalarda yashovchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Iymon jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 13-noyabr kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[4]. Jome masjidning binosi namozxonlar uchun qulay va yetarli shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, tashqaridan kelgan har qanday mehmon, sayyoh, yoʻlovchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Masjidning bosh imom-xatibi Jorayev Ibrohim domla Saidmahmadovich boʻlib, namozxonlar, hamda, machitga tashrif buyurgan aholi vakillar bilan doimiy muloqotda boʻlib turadi. Zamonaviy masjidning binosi oʻz bagʻriga mingdan oshiq aholini va namozxonlarni sigʻdira oladigan darajada quvvatga ega[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „АЛ-ИЙМОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. „AL-IMON JOME MASJIDI“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 „"AL-IMON" жоме масжиди“. orginfo.uz. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.