Abduqohhor Mahsum jome masjidi
Masjid | |
Abduqohhor Mahsum jome masjidi
Abduqohhor Mahsum | |
Abduqohhor Mahsum jome masjidining tashqi ko'rinishi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Ohangaron |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Bayotjon domla Ortiqbayev |
Umumiy maydoni | 0.5 gektar |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona | |
Abduqohhor Mahsum jome masjidi Vikiomborda |
Abduqohhor Mahsum jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduqohhor Mahsum jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Quyun nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Qora xitoy koʻchasida joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Bayotjon domla Ortiqbayev boʻlib, masjidga kelgan mahalliy aholi vakillari, yoʻlovchilar, ziyoratchilar bilan diniy suxbatlashib turadi. Jome masjid 2500 kishidan ziyod boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan boʻlib, xonaqoh, tahoratxona, maʼmuriy xonalar, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Jome masjidga Yuqori quyun koʻchasi, Oʻrta quyun koʻchasi, Pastki quyun koʻchasi, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi bay mahalla fuqarolar yigʻini, Obiz mahalla fuqarolar yigʻini, Kamar koʻchasi, Qoʻrgʻon-Shamat mahalla fuqarolar yigʻini, Chambil qishlogʻi, Toshqishloq mahallasi, Jaloir mahallasi, Yordam mahallasi, Yangiobod koʻchasi, Sadoqat koʻchasi, Shodiyona koʻchasi, Alpomish koʻchasi, Choʻlqon koʻchasi, Piskent koʻchasi, Zulfiya Qoʻshboy qizi, Buyuk ipak yoʻli mahallasi, Turkiston koʻchasi, Ahmad Yassaviy koʻchasi, Sharof Rashidov shox koʻchasida yashovchi aholi vakillari namoz ibodatini ado qilish maqsadida tashrif buyurishadi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduqohhor Mahsum jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
-
Masjidning gumbazi
-
Masjidning imom-xatib ehromi
-
Masjidning gumbazi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АБДУҚОХХОР МАҲСУМ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Abduqoxxor Mahsum jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
Ohangaron tumani masjidlari | |
---|---|
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |