Sirli jome masjidi
Masjid | |
Sirli jome masjidi
Sirli | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Parkent |
Manzil | „Nomdanak“ qishloq fuqarolar yigʻini Navoiy koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Mansur domla Mansurov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Sirli jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sirli jome masjidi „Nomdanak“ qishloq fuqarolar yigʻini Navoiy koʻchasida joylashgan boʻlib, taxminan 1850-yillarda qurilgan. Masjidni „Sirli“ deb nomlanishi masjidni toshkentlik saxovatpesha bir boy tomonidan barpo etilgan boʻlib, uning kim ekanligi sir saqlanganligi sababli mazkur nom bilan atalib qolgan. Sobiq ittifoq vaqtida yopib qoʻyilgan va, kolxoz uchun ombor, kinoxona, choyxona sifatda foydalanib kelingan. 1980-yillarga kelib masjid qarovsiz holatga kelib qolgan. 1990-yillarning boshida mahalliy aholining tashabbusi bilan yana jome masjid sifatida foydalana boshlangan. 1998-yilda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. 1850-yillarda qurilgan bino 2002-yili elektr simlarining qiska nosozligi tufayli buykul yonib ketgan. 2002-yilda 2004-yilgacha hashar yoʻli orqali yangi 22x18 metr keladigan zamonaviy koʻrinishga ega gumbazli jome masjid quriladi. Masjidga koʻshimcha tarzda 2004-2007 yillarda balandligi 15 metr boʻlgan yagona minora va 27x5 metrli 2 qavat boʻlgan ochik ayvon 11x3 metr keladigan ayvoncha, hamda, imom xatib xonasi, qorovulxona, omborxona, oshxona va tahoratxonalar qurib bitkazildi. 2008-yilda masjidning hovli qismi va tashqi devorlari milliy va zamonaviy uslubda Xorazm gʻishti bilan qurildi. 2014-yilda xonaqohning ichki qismi va ayvonlar milliy fargʻona uslubida naqshlandi. Hozirgi kunda jome masjidga Toshkent xalqaro islom akademiyasini tamomlagan Mansurov Mansur domla imom-xatiblik qilib kelmoqda[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Сирли" Жомеъ масжиди“. uzorg.info. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.
- ↑ „СИРЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.
Parkent tumani masjidlari | |
---|---|