Kontent qismiga oʻtish

Mulla Norqul jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Mulla Norqul ome masjidi
Mulla Norqul
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Rahmon domla Utanov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Mulla Norqul jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mulla Norqul jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Uyas qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Gʻalaba mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Muhammad domla Mamatov boʻlib, Juma namozlari vaqtida mav’ziyalari bilan qoʻshni masjidlarda ham ishtirok etadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 7000 kishiga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Uyas qishloq fuqarolar yigʻini, Gʻalaba fuqarolar yigʻini, Nurli osmon mahalla fuqarolar yigʻini, Nayman qishloq fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot koʻchalari, Ziyolilar mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Chegara mahalla fuqarolar yigʻini, Qamchiq mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Mulla Norqul jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra ushbu masjidga nomi qilib – „Mulla Norqul“ deya nomlangan.

  1. „МУЛЛА НОРҚУЛ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „"МУЛЛА НОРКУЛ" МАСЖИДИ“. "МУЛЛА НОРКУЛ" МАСЖИДИ. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.