Abdurahmon ota masjidi
Masjid | |
Abdurahmon ota masjidi
| |
Mamlakat | O'zbekiston |
Hudud | Samarqand |
Shahar | Qoʻshrabot |
Manzil | Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Yodgorov Abdumannon |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Abdurahmon ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Narpay tumani Tortuvli MFYda joylashgan masjid[1]. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahmon ota masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. 1999-yil 1-sentabrda masjid roʻyxatdan oʻtkazilgan[3]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Ushbu masjidning imomi Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining imom-xatibi Yodgorov Abdumannon boʻlib, Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti namozlari vaqtida oʻz mav’izalarini qiladi[4].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Samarqand viloyati Narpay tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Narpay tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Narpay tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[4]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Narpay tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"ABDURAXMON OTA" JOME` MASJIDI“. legat.by.uz. legat.by.uz. Qaraldi: 16-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
- ↑ „"АБДУРАХМОH ОТА" жомъе масжиди“. uzorg.uz. uzorg.uz. Qaraldi: 16-sentabr 2024-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Абдурахмон ота жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 16-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.