Kontent qismiga oʻtish

Masat ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Masat ota jome masjidi
Masat ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Dusen qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini Butanov koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Sayidali domla Parmonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Masat ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masat ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Dusen qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini Butanov koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tashabussi bilan jome masjid uchun 0.30 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Dusen qishloq fuqarolar yigʻini, Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Butanov mahalla fuqarolar yigʻini, Chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Aydarlik mahalla fuqarolar yigʻini, Kushek mahalla fuqarolar yigʻini, salomatlik mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Izzat mahalla fuqarolar yigʻini, Karamanas mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Sayidali domla Parmonov hisoblanadi.

Masat ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 15-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.

  1. „МАСАТ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „"МАSАТ-АТА" MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.