Kontent qismiga oʻtish

Domla Kamoliddin masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Domla Kamoliddin masjidi
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Samarqand
Shahar Qoʻshrabot
Manzil Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Jamgirov Nabi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Domla Kamoliddin masjidiOʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Moliya kolleji hududida joylashgan masjid[1]. Mazkur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[2].

Domla Kamoliddin masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. 1998-yil 12-avgustda masjid ro'yxatdan o'tkazilgan[3]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Ushbu masjidning imomi Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining imom-xatibi Jamgirov Nabi bo'lib, Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti namozlari vaqtida oʻz mav’izalarini qiladi[4]. O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2020-yil 23-fevraldan boshlab masjid qayta ta'mirlangan[5].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Qoʻshrabot tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Qoʻshrabot tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[4]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Qoʻshrabot tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[6].

  1. „"ДОМЛА KАМОЛИДДИH" ЖОМЪЕ МАСЖИДИ“. statsnet.uz. statsnet.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  2. „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  3. „"ДОМЛА KАМОЛИДДИH" жомъе масжиди“. uzorg.uz. uzorg.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  4. 4,0 4,1 „Домла Камолиддин жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  5. „Qo‘shrabot tuman “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi obodonlashtiriladi“. sammuslim.uz. sammuslim.uz (24/02/2020). Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  6. „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.