Imoni Aʼzam jome masjidi (Boʻstonliq)
Masjid | |
Imoni Aʼzam jome masjidi
Imoni Aʼzam | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Xasan domla Akbarov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Imoni Aʼzam jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imoni Aʼzam jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumanida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.70 gektar joyda 600 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Xasan domla Akbarov hisoblanadi. Bundan tashqari Andijon viloyati, Baliqchi, Asaka, Paxtaobod va Izbosgan tumanlarida, Samarqand viloyati Samarqand tumanida, Fargʻona viloyati Rishton tumanida, Buxoro viloyati Buxoro tumanida, Namangan viloyati Namangan tumani, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida, Toshkent viloyati Zangiota tumanida, hamda, Toshkent shahar Yashnobod tumanlarida Imoni Aʼzam nomi bilan faoliyat yuratidan jome masjidlar mavjud[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imoni Aʼzam jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Jome masjidning yangi binosi sharqona uslubda, islom meʼmorchiligini asosida bunyod etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 18-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ИМОМИ АЪЗАМ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Imomi A’zam jome’ masjidi“. www.cartogiraffe.com. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Предприятия и организации Узбекистана“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.