Chuvalachi masjidi
Masjid | |
Chuvalachi masjidi
Chuvalachi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Numonjon domla Soliyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Chuvalachi masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chuvalachi masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Chuvalachi nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Navoiy maxalla fuqarolar yigʻini, Navoiy koʻchasi joylashgan. Mahalliy aholi mazkur machitni „hulovchi“ deb nomlashadi[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Numonjon domla Soliyev boʻlib, ushbu masjidga Chuvalachi qishloq fuqarolar yigʻini, Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, Jumladan, Alisher Navoiy koʻchasi, Chamanzor koʻchasi, Mehribon koʻchasi, Guliston koʻchasi, Anhor koʻchasi, Mustahkam koʻchasi, Sarkor koʻchasi, Chilangarlar koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Chuvalachi masjidi tumanning chekka hududida joylashganligiga qaramay, ushbu masjidda Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namoz vaqtlarida koʻplab namozxonlar, aholilar, yoʻlovchilar bilan doimiy ravishda gavjum boʻladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chuvalachi jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ЧУВАЛАЧИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ЧУЛОВЧИ" ЖАМОА МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.