Zunnurayn masjidi
Masjid | |
Zunnurayn masjidi
Zunnurayn | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Ashurmuhammad domla Abduqodirov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Zunnurayn masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zunnurayn masjidi masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Masalboy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli Q. Toʻlaganov koʻchasida joylashgan[1]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Ashurmuhammad domla Abduqodirov boʻlib, ushbu masjidga Masalboy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Q. Toʻlaganov koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan hududlardan namozxonlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zunnurayn jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Mazkur masjid turli yillar davomida, bir necha marotoba qayta bunyod etilgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan[2] va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1999-yil 6-aprel kuni 175-sonli xijjat asosida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Masjid binosi 1992-yil xalq hashar yoʻli bilan barpo etilgan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 1000 nafardan oshiq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega. Masjid nomi aholi va Toshkent viloyati musulmonlar idorasi taklifiga koʻra islom tarixida munosib salohiyatga ega boʻlgan zot – hazrati Usmonning mashhur atamasi – „Zunnurayn“ nomi bilan nomlangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Зангиота тумани “Зуннурайн” жоме масжиди“. fitrat.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ZUNNURAYN" jome masjidi qurilishi“. uz.tgstat.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „ЗУННУРАЙН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.