Eshonbuva masjidi
Masjid | |
Eshonbuva masjidi
Eshonbuva | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Olimxoʻja domla Shamshixoʻjayev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Eshonbuva masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar, hamda, davlat muhofazasida boʻlgan binolar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eshonbuva masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Tula-Bi nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Shodlik koʻchasi 29-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Olimxoʻja domla Shamshixoʻjayev boʻlib, ushbu masjidga Tula-Bi nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Shodlik koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar bilan birga unga yaqin boʻlgan hududlardan, namozxonlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Mazkur masjidga Oʻzbekiston musulmonlari idorasidan, hamda, Toshkent viloyati musulmonlar boʻlinmasidan muftiylar, qorilar, shayxlar, Islom dini ulamolari tashrif buyurishib, goʻzal mav’izalar qilib turishadi. Ushbu masjid islom meʼmorchiligi usulida bunyod etilgan, hamda, bosh imom-xatib xonasi, kutubxona, tahoratxona, dam olish xonalari mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan sharq va islom meʼmorchiligi asosida qaytadan barpo etilgan. Masjidda namozxonlar 20 kishilik zamonaviy tahoratxonadan foylanashilari mumkin. Eshonbuva jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2006-yil 20-mart kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ЭШОНБУВА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ESHON BUVA" ЖОМЕ МАСЖИДИ“. statsnet.co. STATSNET. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.