Ittifoq jome masjidi (Bekobod)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ittifoq ome masjidi
Ittifoq
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Inomjon domla Ziyomiddinov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ittifoq jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ittifoq jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Dehqonobod qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan 4-boʻlim fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Inomjon domla Ziyomiddinov boʻlib, Juma namozlari vaqtida mav’ziyalari bilan qoʻshni masjidlarda ham ishtirok etadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.70 gektar joyda 800 kishiga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Uyas qishloq fuqarolar yigʻini, Gʻalaba fuqarolar yigʻini, Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Mustaqillik qishloq fuqarolar yigʻini, Obod diyor koʻchalari, Ziyokorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Chaman mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini, Sixatgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Oybek mahalla fuqarolar yigʻini, Mirzo Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Hamjihatlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ittifoq jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra ushbu masjidga nomi qilib – „Ittifoq“ deya nomlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ИТТИФОҚ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. O'MI. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „"ИТТИФОК" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.