Kontent qismiga oʻtish

Boyqozon jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Boyqozon jome masjidi
Boyqozon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Parkent shahriga qarashli boʻlgan Parkentsoy mahalla fuqarolar yigʻini Muruvat koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Vali domla Gʻulomov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Boyqozon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Toshkent viloyati, Parkent tumanida ham Boyqozon nomli jome masjid faoliyat yuritadi.

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boyqozon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Parkent shahriga qarashli boʻlgan Parkentsoy mahalla fuqarolar yigʻini Muruvat koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjid Parkent tumanining eng yirik jome masjidlaridan biri boʻlib, Parkent shahridagi mahalla va koʻchalardan, shaharga yaqin boʻlgan hududlardan ziyoratchilar tashrif buyurishadi. Jumladan, Parkent shahri, Parkentsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Buyqurt mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvat mahalla fuqarolar yigʻini, Samsarek mahalla fuqarolar yigʻini, Paxtaobod mahalla fuqarolar yigʻini, Sobir Rahimov mahalla fuqarolar yigʻini, Jilma mahalla fuqarolar yigʻini, Gulbogʻ mahalla fuqarolar yigʻini, Qoraqalpoq mahalla fuqarolar yigʻini, Lolazor mahalla fuqarolar yigʻini, Rizamat ota mahalla fuqarolar yigʻini, Amir Temur mahalla fuqarolar yigʻini, Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻini, Navbaxor mahalla fuqarolar yigʻini, Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Vali domla Gʻulomov hisoblanadi.

Boyqozon jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 25-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. 2020-yilda jome masjid mahalliy aholi vakillari, namozxonlar va homiylar koʻmagida qayta taʼmirlandi.

  1. „БОЙҚОЗОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Boyqozon jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.