Kontent qismiga oʻtish

Tuyaboʻgʻiz masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Tuyaboʻgʻiz masjidi
Tuyaboʻgʻiz
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Oʻrta Chirchiq tumani
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Abdusattorov Abdumalik[1]
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Tuyaboʻgʻiz masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyati hududida joylashgan[2]. Mazkur masjid musulmon aholi uchun kunlik besh vaqt namoz ibodatlarini bajarish uchun foydalanishga topshirilgan. Jomeʼ-masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyat boshqarib yuradi.

Oʻrta chirchiq tumani „Tuyaboʻgʻiz“ hududi 1962-yilda suv ombori qurilgan vaqtda, „Tuyaboʻgʻiz“ qoʻrgʻoni maqomini olgan. Ushbu hududda 29 xil turdagi millat va elatlar yashab kelishgangan, hamda, 1420 xonadondan iborat qoʻrgʻon hisoblangan. Ushbu aholining 70 foizini islom diniga eʼtiqod qiluvchi aholilar tashkil etib, sovet tuzumi vaqtlarida diniy marosimlar va namozlarni uzoq joylarda joylashgan masjidlarda borib ado etib kelishgan.

Mustaqillik davridan keyin, ushbu hududda joylashgan tashlandiq eski choyxona binosidan qariyalar namozxona sifatida foydalanib kelishgan. Koʻpchilikning taklifi va maslahati bilan mazkur namozxona 2005-yil 10-oktyabrda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasida roʻyxatdan oʻtkazilib, jomeʼ-masjid maqomiga ega boʻlgan. 2012-yilda aholi tashabbusi bilan masjid butunlay buzilib, masjid binosini yangidan qurilish ishlari boshlandi. Ikki yil davomida qurilgan yangi masjid binosi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi zamonaviy masjidlar qatoridan joy egallaydi. Masjid qurilishi O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent viloyati vakilligi, Tuyaboʻgʻiz, Yoriq, Degantepa, Chapqirgʻoq, Navroʻz, Qundoʻzak, Qoʻqonovul, Qoraqoʻyli Koʻtarma, mahalla fuqarolar yigʻini aholilaridan, hamda, Toʻytepa (hozirgi Nurafshon) shahridan tadbirkorlar, homiyligida amalga oshiriladi. Ustalar va loyihalovchi dizaynerlar Qoraqalpogʻiston Respublikasidan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan jalb qilinadi. Masjidning qayta qurilishdan keyingi hududi 0,41 gektarga kengaytirildi, 500 kishiga moʻljallangan katta xonaqoh, zamonaviy tahoratxona va ishchi xodimlar uchun qoʻshimcha binolarga ega boʻldi[1].

Tuyaboʻgʻiz jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Oʻrta Chirchiq tumani, Tuyaboʻgʻiz shaharchasida joylashgan[3]. Mazkur masjid aholiga qulayjoyiga qurilgan boʻlib, namoz vaqtlarida masjid binosi namozxonlar bilan doimiy ravishda toʻla boʻlib turadi.

  1. 1,0 1,1 „ТУЯБЎҒИЗ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  2. „Tuyabo‘g‘iz jome’ masjidi“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  3. „Tuyabo‘g‘iz jome’ masjidi“. mapcarta.com. mapcarta.com. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.