Mulla Poʻlat ota masjidi
Masjid | |
Mulla Poʻlat ota jome masjidi
Mulla Poʻlat ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Qoʻshqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Jamoliddi domla Boʻriyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Mulla Poʻlat ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mulla Poʻlat ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Qoʻshqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.50 gektar joyda 600 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Qoʻshqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Z. M. Bobur mahalla fuqarolar yigʻini, X. Olimjon mahalla fuqarolar yigʻini, Maktab mahalla fuqarolar yigʻini, Tillakori mahalla fuqarolar yigʻini, Mahtumquli mahalla fuqarolar yigʻini, Joʻrabek xoji mahalla fuqarolar yigʻini, Jonobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Jamoliddi domla Boʻriyev hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mulla Poʻlat ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi. 2019-yildan 2020-yilgacha masjid hududida mahalla faollari, homiylar, nuroniylar, hamda Boʻstonliq tumani musulmonlar boʻlimi tomonidan masjidning yangi binosi qurilish ishlari boʻlib oʻtdi[2]. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „МУЛЛА ПЎЛАТ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Ўзбекистонда яна бир янги масжид қад ростлайди“. darakchi.uz. Qaraldi: 1-dekabr 2023-yil.