Kontent qismiga oʻtish

Toʻgʻonoy ota jome masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Toʻgʻonoy ota jome masjidi
Toʻgʻonoy ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Uyenqulisoy qishloq fuqarolar yigʻini, Abay koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Gumbazlar soni 5
Gumbazlar soni 5
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 39
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Toʻgʻonoy ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi. Ushbu masjid tumanning Uyenqulisoy qishloq fuqarolar yigʻini, Abay koʻchasida joylashgan[1].

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Toʻgʻonoy ota jome masjidi 2022-yil 21-oktyabr juma kuni Uyenqulisoy qishloq fuqarolar yigʻini, Abay koʻchasidagi „Toʻgʻonoy ota“ jome masjidi yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, hamda mahalla faollari, imom-domlalar, nuroniy insonlar, homiylar va Homiylar va boshqaar ishtirok etdi. Maskir masjidning 1986–1987 yillar orasida hashar yoʻli orqali qurilgan eski binosi kichiklik qilib qolgan edi. Shuni inobatga olgan holda, tuman rahbarlari, homiylar, hamda mutasaddilarning saʼy-harakatlari bilan jome masjidning yangi binosini qurishga 2021-yilning iyun oyi boshlarida kirishilgan edi. Oradan ikki yil oʻtib ushbu hududda zamonaviy, xonaqohi 475 metr kvadrat boʻlgan, bir vaqtning oʻzida 1300 ming kishi namoz ibodatini amalga oshiradigan shinam jome masjid qad rostladi. Besh dona gumbaz va 39 metr keladigan yagona minora jome masjid namozxonlari va ziyoratchilari uchun mayoq vazifasini oʻtaydi. Shuningdek, ushbu masjidda ayollar uchun ham alohida namozxona tashkil etildi. Shu bilan birga, bosh imom-xatib xonasi, tahoratxona, boshqa zaruriy xonalar ham qurildi. Zamonaviy jomemasjidga qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona ham qurildi. Jome masjidning pol qismiga isitgichlar oʻrnatilgan[2].

  1. „"ТОGАNАY ОТА" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „ТЎҒОНОЙ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.