Kontent qismiga oʻtish

Koʻkterak masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Koʻkterak masjidi
Koʻkterak
Koʻkterak jome masjidining kirish qismi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20082010
Soʻngi imom Ximoyiddin domla Toshboltayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Koʻkterak masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkterak masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Keles shaharchasiga qarashli Anarboyev koʻchasi 2-uyda joylashgan[1]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Ximoyiddin domla Toshboltayev boʻlib, ushbu masjidga Koʻk terak mahalla fuqarolar yigʻini, Anarboyev koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar bilan birga unga yaqin boʻlgan hududlardan namozxonlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Masjid islom meʼmorchiligi usulida bunyod etilgan, hamda, bosh imom-xatib xonasi, kutubxona, tahoratxona, dam olish xonalari mavjud.

Masjid binosi 1991-yil xalq hashar yoʻli bilan barpo etilgan, hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 13-avgust kunida roʻyxatdan oʻtgan va uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida mazkur sanali 54-sonli xujjat bilan roʻyxatga olingan. 2008-yil jome masjid xalq hashar yoʻli bilan uning binosini qayta qurish ishlari boshlandi va qurilish ishlari 2010-yil oʻz nihoyasiga yetkazildi. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 1500 nafar namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy va shinam qulayliklarga ega boʻlgan binoga ega. Uning avvalgi binosining sigʻini 400 oʻrinni tashkil etar edi. Masjidning muborak nomi mahalliy aholi taklifiga koʻra oʻzi joylashgan hududda joylashgan „Koʻkterak“ mahalla nomi bilan nomlangan[2].

  1. „"КУК-ТЕРАК" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „КЎК ТЕРАК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.