Sadr ota masjidi (Zangiota)
Masjid | |
Sadr ota jome masjidi
Sadr ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Ismatilla qori Aripov |
Gumbazlar soni | 5 |
Gumbazlar soni | 5 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Sadr ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sadr ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Zangiota shaharchasiga qarashli boʻlgan Amir Temur 1-koʻchasida joylashgan[2][3]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Ismatilla qori Aripov boʻlib oʻzining goʻzal mav’izalari bilan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilib turadi[4]. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud. Masjidga Amir Temur koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinida, koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti hisoblangan yirik namoz paytlarida masjid binosiga oʻz sigʻimidan ortiq namozxonlar koʻpayib ketishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sadr ota jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 23-oktabr kunida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[5]. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 2000 nafardan ziyodroq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „САДР ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"САДР-ОТА" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. allcompanies.by. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „"САДР-ОТА" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
- ↑ „«Садр ота» жоме масжиди имом-хатиби Арипов Исматуллоҳ қори“. fitrat.uz. fitrat.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.