Kontent qismiga oʻtish

Bogʻbonli masjid

Koordinatalari: 41°22′35″N 60°21′35″E / 41.37638978595464°N 60.35961879990816°E / 41.37638978595464; 60.35961879990816
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bogʻbonli masjid
Umumiy maʼlumot
Maqomi Meʼmoriy yodgorlik
Turi Masjid
Manzili „Ichan-qalʼa“ MFY, Islom Xoʻja koʻchasi, 24-uy
Shahar Xiva shahri
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 41°22′35″N 60°21′35″E / 41.37638978595464°N 60.35961879990816°E / 41.37638978595464; 60.35961879990816
Qurilishi boshlangan 1809-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Texnik holati
Material Pishiq gʻisht
Binoning ichki maydoni 26x13,3 m
Map
Bogʻbonli masjid xaritada
Bogʻbonli masjid

Bogʻbonli masjid — Xorazmning Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. U 1809-yilda qurilgan. Masjid „Ichan qalʼa“ mahallasi, Islom Xoʻja koʻchasi, 24-uyda joylashgan.

Meʼmoriy yodgorlik „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli hisoblanadi[1].

2023-yilda masjidni taʼmirlash ishlari yakunlandi. Bu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan UNESCOningAfgʻoniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yoʻli merosi yoʻlaklari — Yevropa madaniy meros yilining xalqaro oʻlchovi“ tashabbusi doirasida amalga oshirilgan[2].

Tarixi va tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning umumiy tarhi 26x13,3 m ni tashkil qiladi. Bosh tarzidagi gumbazli darvozaxona orqali hovliga kiriladi. Darvozaxonaning ikki yonida hujralar joylashgan. Xovlining ikki tomoni devor bilan oʻralgan. Yuqorida oldi ayvonli, gumbazli xonaqoh (6,8x6,8 m) joylashgan. Devori va poydevori pishiq gʻishtdan, darvozaxona peshtogʻi silliqlangan gʻishtdan juft-juft qilib terilgan, derazalari panjara shaklida ganchdan ishlangan. Eshigi oʻyma naqshli (Usta Roʻzi Muhammadning ismi qayd etilgan). Xonaqoh ichki devorlari ganch suvoqli. Janubiga mehrob, boshqa tomonlariga chuqur va keng ravoqlar ishlangan. Ayvon shipi va ustun (XIV asrga oid)lari oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Masjid toʻrtburchak shaklda boʻlib, ikki ustunli va gumbazli qishki xonaga ega. Binoning yogʻoch ustunlariga oʻyib ishlangan bezaklar badiiy qiymatga ega boʻlib, ular Juma masjidining bezaklariga oʻxshab ketadi[3].

Ustunlar kursilarga oʻrnatilgan. Masjid kiraverishiga oʻrnatilgan marmar tosh lavhaga yozuvlarni oʻyib ishlagan usta Polvonqulning ismi va bino qurilgan yili sheʼriy satr bilan yozilgan[4]. Shuningdek, unda masjidning qurilishi haqidagi tarix ham keltirilgan. Bitiklar arab alifbosi, forsiy tilda, nastaʼliq xattotlik uslubida yozilgan. Marmar lavhning saqlanish holati yaxshi[5]. Eshiklarda yogʻoch oʻymakorligining yana bir ustasi — Yangiariq tumanining Ostona qishlogʻidagi Shayx Muxtor Valiy maqbarasi ziyoratxonasiga olib boruvchi oʻyma naqshli eshikni yasagan usta Odina Muhammadning oʻgʻli Roʻz Muhammadning nomi yozilgan[3]. Rivoyatlarga koʻra, masjid ikki bogʻbon aka-uka xayriya qilgan pul evaziga qurilgan.

Katta gumbazga ega bu masjid koʻrinishidan XIVXV asrlar yodgorligini eslatadi, sababi uning ichki bezaklari, ayvonidagi ikkita ustunining oʻyma naqshlari, ularda yozilgan hadislar shu davrga xosdir. Ustunlar masjidning avvalgi binosidan qolgan boʻlishi ham mumkin.

1813-yilda nomaʼlum muallif tomonidan yozilgan „Halvati soʻhifo“ qoʻlyozmasida ushbu yozuvlar yozilgan: „Va nurnishon Eltuzarxonning ayyomi davlatinda bino topgan Zubayda xonimning masjidlarini Pahlavon Quli bogʻbonli yiqib toshdin gumbaz qilib adogʻa yetkurdi“. Bundan xulosa qilish mumkinki, avval xom gʻishtdan choʻbkori usulida qurilgan masjidning nomi Zubaydaxonim boʻlgan. Bogʻbonli masjidning gʻarbiy tomoniga yaqin bir qabr qurilgan va bu qabr Zubayda xonimning qabri boʻlishi kerak[6].

  1. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  2. gazeta.uz. „Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidi ta’mirlandi“ (2023-yil 7-fevral). Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 Andreev, Aleksey A. (2004-09-01). „V.M. Shukshin's literary works: encyclopaedic dictionary-handbook. Vol.1: Philological study of Shukshin. V.M. Shukshin personality. The language of V.M. Shukshin's works / Sci. ed. A.A. Chuvakin; Ed.-Compil. V.A. Chesnokova, A.A. Chuvakin. Barnaul: AltSU“. Sibirskiy filologicheskiy jurnal. № 3. 141–142-bet. doi:10.17223/18137083/8/15. ISSN 1813-7083.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Nafisa Zargarova. Xiva me'moriy yodgorliklaridagi xattotlik namunalari, Xiva, 2022 — 19-bet. 
  6. sayyoh.com. „Xiva — Bogʻbonli masjid“. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.[sayt ishlamaydi]