Kontent qismiga oʻtish

Oltish jome masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Oltish jome masjidi
Oltish
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Chigʻatoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chigʻatoy mahalla fuqarolar yigʻini Ziyogoh koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Sayidusmon domla Mahmudov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Oltish jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltish jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Chigʻatoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chigʻatoy mahalla fuqarolar yigʻini Ziyogoh koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.50 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Chigʻatoy qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Chigʻatoy mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, D. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Xonobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Sayidusmon domla Mahmudov hisoblanadi.

Oltish jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

  1. „Олтиш жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"OLTISH" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.