Kontent qismiga oʻtish

Berdiyor ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Berdiyor ota jome masjidi
Berdiyor ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Doʻstlik qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chortoq mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Qayum domla Mahamadiyev
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Berdiyor ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berdiyor ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Doʻstlik qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chortoq mahalla fuqarolar yigʻini joylashgan[2]. Mazkur masjidga Doʻstlik qishloq fuqarolar yigʻini, Boysun mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Azim mahalla fuqarolar yigʻini, Chortoq mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi yulduz mahalla fuqarolar yigʻini, Mehnat obod mahalla fuqarolar yigʻini, Surxon mahalla fuqarolar yigʻini, Maqsad mahalla fuqarolar yigʻini, Koʻklam mahalla fuqarolar yigʻini, Tongi yulduz mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.70 gektar yer maydonida 8500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, imom-xatib tahoratxona, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalari mavjud. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Qayum domla Mahamadiyev hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Berdiyor ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholi faollari, homiylar, saxovatpesha insonlar, baʼzi tashkilotlar, nuroniylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.

  1. „БЕРДИЁР ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „"BEROIYOR-OTA" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.