Ar-Rahmon jome masjidi
Masjid | |
Ar-Rahmon jome masjidi
Ar-Rahmon | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Qibray |
Manzil | Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Bobonok koʻchasi 91-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Otabek domla Nurmuhhamedov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Ar-Rahmon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ar-Rahmon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Bobonok koʻchasi 91-uyda joylashgan[2]. Jome masjid Toshkent shahriga yaqin hududda joylashganligi sababli Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namozi vaqtlarida namozxonlar bilan doimo toʻla boʻladi. Mazkur masjidga Salar qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Bobonok mahalla fuqarolar yigʻini, Chinor koʻchasi, Guliston mahalla fuqarolar yigʻini, Rayxon mahalla fuqarolar yigʻini, Karamurt mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻiston mahalla fuqarolar yigʻini, Binokor mahalla fuqarolar yigʻini, Intilish mahalla fuqarolar yigʻini, Omad mahalla fuqarolar yigʻini, ToshGRESS qoʻrgʻoni mahalla fuqarolar yigʻini, Xisorak mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Otabek domla Nurmuhhamedov hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ar-Rahmon jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga topshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 13-oktabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АР-РАХМОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |