Abdurahmon ibn Avf jome masjidi (Qibray)
Masjid | |
Abdurahmon ibn Avf jome masjidi
Abdurahmon ibn Avf | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Qibray |
Manzil | Tuzel qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Toshisti mahalla fuqarolar yigʻini, Tuzel koʻchasi 18 A-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Abdulaziz domla Xodiyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Abdurahmon ibn Avf jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Oʻzbekiston Respublikasining qatur boshqa hududlarida Abdurahmon ibn Avf jome masjidi nomi bilan faoliyat yuritadigan boshqa masjidlar ham mavjud.
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahmon ibn Avf jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Tuzel qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Toshisti mahalla fuqarolar yigʻini, Tuzel koʻchasi 18 A-uyda joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.45 gektar joyda 400 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Tuzel qishloq fuqarolar yigʻini, Toshisti mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻini, Tuzel-2 mahalla fuqarolar yigʻini, Taugut tepa mahalla fuqarolar yigʻini, Choʻlpon mahalla fuqarolar yigʻini, Katta olmos mahalla fuqarolar yigʻini, Tuzel-3 mahalla fuqarolar yigʻini, T. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Isteʼdod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Abdulaziz domla Xodiyev hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahmon ibn Avf jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2004-yil 7-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АБДУРАҲМОН ИБН АВФ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ABDURAXMON IBN AVF" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |