Kontent qismiga oʻtish

Oʻnqoʻrgʻon ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Oʻnqoʻrgʻon jome masjidi
Oʻnqoʻrgʻon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil ʻnqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Usaboboyev mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Muhammadjon domla Otaboyev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Oʻnqoʻrgʻon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻnqoʻrgʻon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Oʻnqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Usaboboyev mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[1]. Mazkur masjidga Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻini, Kirda mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Azim koʻchasi, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Mehnat obod mahalla fuqarolar yigʻini, Sirdaryo mahalla fuqarolar yigʻini, Samarqand mahalla fuqarolar yigʻini, T. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Kungurtus mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Oʻnqoʻrgʻon jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 30-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Qibray tumani Oʻnqoʻrgʻon mahallasi mahalliy aholi vakillari, hamda namozxonlarning taklifiga binoan hududdagi homiylar tashabbusi bilan jome masjidning qurilishi 1987-yilda Isayev Abdulla, Gafurbekov Javlon Zoitov Murot hojilar boshchiligida boshlangan. Mustaqillik yillarida masjid yangidan taʼmirlanib, moʻmin-musulmonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jome masjid binosi, qoʻshimcha xizmat xonalari va zamon talablaridagi tahoratxonadan namozxonlar foydalanishi mumkin. Ushbu masjidda bugungi kunda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida taʼlim olgan Muhammadjon domla Otaboyev imom-xatiblik qilmoqda[2].

  1. „ЎНҚЎРҒОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Қибрай тумани Ўнқўрғон жоме масжиди“. fitrat.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.