Xoʻjaqoʻrgʻon jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xoʻjaqoʻrgʻon jome masjidi
Xoʻjaqoʻrgʻon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Xoʻja qoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xoʻja qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini Yangi turmush koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Xusan domla Xashimov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Xoʻjaqoʻrgʻon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjaqoʻrgʻon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Xoʻja qoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xoʻja qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini Yangi turmush koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Xoʻja qoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻini, Xoʻja qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi turmush mahalla fuqarolar yigʻini, Gulsanam mahalla fuqarolar yigʻini, Shinam mahalla fuqarolar yigʻini, Qizil shalola mahalla fuqarolar yigʻini, Qazirobod mahalla fuqarolar yigʻini, Sosboga mahalla fuqarolar yigʻini, Fahriya-May mahalla fuqarolar yigʻini, Chinobod mahalla fuqarolar yigʻini, Oq qovoq mahalla fuqarolar yigʻini, Magarachmahalla fuqarolar yigʻini, Obod turmush mahalla fuqarolar yigʻini, At-Termiziy mahalla fuqarolar yigʻini, Jiydazor mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvvat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Xusan domla Xashimov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjaqoʻrgʻon jome masjidining qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli manbalar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlar ixtiyoriga topshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 29-sentabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Хўжақўрғон жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Xo‘jaqo‘rg‘on jome' masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.