Kontent qismiga oʻtish

Masharip ota jome masjidi

Koordinatalari: 41°24′59.18789″N 69°25′41.17181″E / 41.4164410806°N 69.4281032806°E / 41.4164410806; 69.4281032806
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Masharip ota jome masjidi
Masharip ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Mustaqillik qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chinobod mahalla fuqarolar yigʻini Bardavom ko'chasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Urol domla Murodov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

41°24′59.18789″N 69°25′41.17181″E / 41.4164410806°N 69.4281032806°E / 41.4164410806; 69.4281032806

Masharip ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masharip ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Mustaqillik qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chinobod mahalla fuqarolar yigʻini Bardavom koʻchasida joylashgan. Jome masjid hududida 600 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar mavjud. Mazkur masjidga Mustaqillik qishloq fuqarolar yigʻini, Chinobod mahalla fuqarolar yigʻini, Bardavom mahalla fuqarolar yigʻini, Bardavom koʻchasi, Islom ota mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi tong mahalla fuqarolar yigʻini, NurliDiyor mahalla fuqarolar yigʻini, Muqimiy mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini, Manaviyat mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Urol domla Murodov hisoblanadi[2].

Masharip ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Jome masjid mahalliy aholi vakillari, namozxonlar, mahalla faollari, nuroniylar, homiylar koʻmagi bilan bir necha yillar oldin zamonaviy va islom meʼmorchiligi asosida qayta bunyod etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 15-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3].

  1. „МАШАРИП ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"MASHARIB-OTA" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „"MASHARIB-OTA" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.